Xodimlar bo'limi

66

Xodimlar bo'limi boshlig'i:

Abdunazarov Chori Xudoynazarovich

Qabul vaqti: Hafta kunlari (yakshanbadan tashqari) soat: 08:00-16:00
Telefon: +998 99 376 82 66
Telegram: +998 95 777 82 66

Bo‘lim faoliyati haqida ma’lumot:

Kadrlar bolimi umumiy faoliyati boyicha qisqacha ma’lumot:

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunlari, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va farmoyishlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim togrisidagi Qonun, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi amalga tadbiq etilgan qarorlari, shuningdek, Ozbekiston axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Ozbekiston Respublikasi oliy va orta-maxsus ta’lim vazirligi farmoyish, buyruq, nizom va yoriqnomalari, Ozbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga va yoriqnomalarga, TerDU xodimlar bolimi Nizomi, reglamenti, yoriqnomalari va tegishli korsatmalari asosida ish olib boradi.

Universitet mehnat ichki tartib-qoidalariga, reglamentga, nazorat qoidalariga, mehnat intizomiga, lavozimiy yoriqnomalarga amal qiladi, ornatilgan qonun-qoidalarga, huquqiy tartibga muvofiq xodimlar ishini tashkil etadi.

Xodimlar bolimining professor-oqituvchi, assistent va ma’muriy va xizmat korsatuvchi ishchi-xodimlar hamda talabalar bilan ishlash inspektorlari bevosita xodimlar bolimi boshligi topshirigi va korsatmalariga muvofiq ishni tashkillashtiradi.

Belgilangan tartibda yoriqnoma asosida ish olib boradi. Ularning ish faoliyatini bolim boshligi nazorat qiladi.

Kadrlarni joy-joyiga qoyish boyicha rahbariyatga takliflar kiritadi.

Universitet rahbariyati bilan birgalikda mutaxassisligiga va kvalifikatsiyasiga ega bolgan, ish saviyasi, uslubi talabga javob bera oladigan professor-oqituvchilar, assistentlar, ma’muriy va xizmat korsatuvchi xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan maqsadlarga erishish va uni tatbiq etish uchun unumdor va samarali mehnat qilishni tashkil etadi.

Universitet shtat jadvalini moliya-reja bolimi bilan birgalikda muvofiqlashtiradi va shtat jadvaliga asosan ish olib boradi.

Xodimlar masalasi boyicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishni yolga qoyadi va tashkillashtiradi.

Professor-oqituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat korsatuvchi xodimlarni ishga olish, ishdan boshatish, lavozimini ozgartirish, mehnat ta’tili berish va muddatidan avval ishga chaqirib olish, qoshimcha ta’tillar, tanlovdan, attestatsiyadan otish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etadi.

Professor-oqituvchi va assistent xodimlarni talabalar, ish, oqish intizomini universitet ichki tartib-qoidalariga amal qilishi va Ozbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini umumiy nazorat qilish, ularni ragbatlantirish, moddiy yordam korsatish, intizomiy jazo choralarini qollash yuzasidan dekan va kafedra mudirlari bilan kelishgan holda rahbariyatga taklif kiritadi.

Harbiy xizmatga majbur bolganlar, harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagi osmirlarning hisobini tegishli bolim (2-bolim) bilan hamkorlikda olib boradi va nazorat qiladi.

Bakalaviatura, magistiratura va aspirantura bitiruvchilarini universitetda ishga jalb etish uchun muloqotlar tashkillashtiradi.

Professor-oqituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat korsatuvchi xodimlar va talabalarning shaxsiy ish jildini, shaxsiy kartochkasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnomasini (ob’ektivka) shakllantiradi, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi.

Professor-oqituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat korsatuvchi xodimlarga shaxsiy guvohnoma, ma’lumotnoma berishni oz vaqtida muddatini uzaytirilishini nazorat etadi.

Bitiruvchi talabalarga diplom blankalarini va ilovalarni oz vaqtida togri va aniq toldirilishini nazorat etadi.

Mehnat daftarchasi va diplom blankalarini ishlatish, hisobining yuritilishini nazorat qiladi.

Nafaqa yoshiga yetgan xodimlarni hisobini yuritadi, ularga oz vaqtida pensiya tayinlanishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlaydi.

Kasallik varaqalarini shakllantiradi, yuritadi.

Universitetdagi malaka toifasiga ega bolgan professor-oqituvchi, assistent, ma’muriy va xizmat korsatuvchi xodimlarning belgilangan shaklda stastistik hisobotini olib boradi.

Har oyda tuman aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bolimiga kvotali joylar va vakant joylar (bosh ish orni) boyicha ma’lumot beradi.

Kadrlar bolimining maqsadi va vazifalari

Umumiy qoidalar

Termiz davlat universitetining Kadrlar boʻlimi yagona kadrlar siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishini taʼminlovchi mustaqil tarkibiy boʻlinma hisoblanadi.

Kadrlar boʻlimi universitet rektoriga boʻysunadi.

Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va farmoyishlariga, boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga, yoʻriqnomalarga, shuningdek, universitet Ustavi va Nizomiga, universitet rektorining buyruqlari va farmoyishlariga tayanadi.

Boʻlim oʻz faoliyatini tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari bilan hamjihatlikda amalga oshiradi, inson resurslarini boshqarishning asosiy vazifasi – ulardan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi hal etilishi uchun javobgardir.

Asosiy vazifalari

Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– kadrlar taʼminoti, universitet xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning professional darajasini oshirish sohasida yagona siyosat ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

– rahbarlik lavozimlariga koʻtarish uchun kadrlar rezervini shakllantirish va tayyorlash;

– universitet tuzilmasini va shtatini maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish;

– xodimlar bilan ishlashda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining meʼyorlariga rioya etilishini taʼminlash;

– universitet xodimlarining ish qobiliyatini oshirish maqsadida ishlash uchun normal shart-sharoit yaratish va jamoada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlab turish;

– kadrlar ishiga oid yangi usullar va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, kadrlarga doir hujjatlarni standartlash va unifikatsiyalash, axborot-texnologik vositalarni qoʻllash asosida xodimlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish.

III. Boʻlimning funksiyalari

Boʻlim oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, universitet xodimlari tanlanishi va joy-joyiga qoʻyilishini taʼminlash;

– universitet boʻlimlaridagi kadrlar bilan bogʻliq vaziyat dinamikasini muntazam tahlil qilib borish, undagi oʻzgarishlarni prognozlash;

– Xodimlarning amaliy va professional sifatlarini oʻrganish, ularning professional va lavozim pogʻonalarida oʻsishini rejalashtirish;

– boshqaruvning barcha darajalari uchun taʼsirchan kadrlar rezervini yaratish va uni aniq maqsadli tayyorlab borish; kadrlar rezervi rahbarlik lavozimlariga oʻtishga tayyorligini davriy ravishda baholash;

– xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etish, attestatsiya yakunlarini tahlil qilish, tegishli hujjatlar hamda buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

– universitet xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida takliflar tayyorlab, koʻrib chiqish uchun rahbariyatga taqdim etish;

– xodimlarning zarur malaka darajasini saqlab turish, kadrlarni oʻqitish hamda malakasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish va ularning samarali ishlashini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda rahbariyatga taqdim etish;

– universitet uchun kadrlar tayyorlash maqsadida, oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilishini taʼminlash;

– ishga yangi qabul qilingan xodimlar umumiy va professional koʻnikishi borasidagi ishlarni olib borish, kadrlar qoʻnimsizligi sabablarini oʻrganish, kadrlarni barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

– moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishning amaldagi chora-tadbirlari samaradorligini tahlil qilish, ular xodimlarning mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishga taʼsirini kuchaytirish yuzasidan takliflar hamda tavsiyalar kiritish, ragʻbatlantirishning yangi turlarini ishlab chiqish;

– zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalangan holda kadrlarni boshqarish usullarini joriy etish;

– kadrlar shaxsiy tarkibining shaxsiy va statistik hisobini yuritish hamda belgilangan hisobotlarni tayyorlash;

– xodimlarning mehnat daftarchalari, shaxsiy yigʻma jildlari, kartoteka va boshqa hisobga olish materiallarini yuritish hamda saqlash;

– kadrlarga oid va ijtimoiy masalalarni hal etishda universitetning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga maslahatlar hamda metodik yordam berish;

– universitet boʻlinmalarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va tarbiyalash masalalarida Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

– universitet boʻlinmalarining rahbarlari bilan birgalikda chet elga xizmat safarlariga yuborish uchun nomzodlarni tanlash va bu xodimlarni rasmiylashtirish, xizmat safariga yuboriladigan mutaxassislar hisobini yuritish;

– xodimlarning xizmat safarlari boʻyicha buyruqlar tayyorlash, xizmat safari guvohnomalarini rasmiylashtirish va berish;

– mehnat taʼtillaridan oʻz vaqtida foydalanilishini nazorat qilish, belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

– amaliy ishda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlar, shuningdek yubilyarlarni davlat mukofotlari, faxriy yorliqlar, mukofotlar bilan taqdirlash hamda ular uchun ragʻbatlantirishning boshqa turlarini qoʻllash yuzasidan materiallarni belgilangan tartibda tayyorlash;

– universitet xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishga, mehnat uchun qulay shart-sharoit yaratish, dam olishni tashkil etish va ular salomatligini himoyalashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– belgilangan tartibda kasallik varaqalarini rasmiylashtirish, xodimlarga pensiyalar tayinlanishi munosabati bilan hujjatlarni tayyorlash;

– universitet boʻlinmalarida mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish, xodimlarning intizomiy javobgarligi masalalari boʻyicha koʻrib chiqish uchun takliflar tayyorlash;

– tasdiqlangan tartibga muvofiq, xodimlarga xizmat guvohnomalari va ruxsatnomalar rasmiylashtirilishi hamda berilishini tashkil etish;

– xodimlarning hozirgi va avvalgi mehnat faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish;

– ishlayotgan xodimlarga va ishga kirayotgan shaxslarga maslahatlar berish, boʻlim vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan fuqarolarning xatlari va murojaatlarini koʻrib chiqish.

Huquqlari

Kadrlar boʻlimi xodimlari boʻlim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish davomida quyidagi huquqlardan foydalanishlari mumkin:

– kadrlar bilan ishlash boʻyicha rejalar va dasturlarni ishlab chiqish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda universitetning tarkibiy boʻlinmalaridan soʻrash va olish;

– universitet boʻlinmalari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda kadrlar taʼminoti masalalari bilan bogʻliq meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga qanday rioya etayotganligini nazorat qilish va tekshirish;

– qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish, amaldagi mehnat qonunchiligi talablari bajarilishini taʼminlanmagan yoki ular buzilishiga yoʻl qoʻygan rahbarlar va boshqa xodimlarni javobgarlikka tortish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar berish;

– kadrlar bilan ishlash hamda universitet tuzilishi va shtatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda raxbariyatga takliflar kiritish;

– universitet rahbariyati oʻtkazadigan yigʻilishlar va kengashlar ishida qatnashish;

– boʻlim ishi bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun universitetning boshqa tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislarini jalb etish (tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari bilan kelishgan holda).

Ishlarni tashkil etish

Boʻlim oʻz ishini universitet rahbariyati tasdiqlaydigan, istiqbol uchun ishlab chiqilgan hamda joriy rejalar asosida tashkil etadi.

Boʻlimga universitet rektori tayinlaydigan boshliq rahbarlik qiladi. Boʻlim boshligʻi oʻz oʻrinbosariga ega boʻladi.

Boʻlim boshligʻi:

– Boʻlim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish ishlari puxta tashkil etilishini taʼminlaydi;

– Boʻlim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi, shuningdek boʻlimda olib borilayotgan ishlarning sirini saqlash taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;

– Universitet xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari bilan kelishilgan takliflar kiritadi;

– Universitetning tarkibiy boʻlinmalari nomiga yuboriladigan, rahbariyat qarorlarini talab qilmaydigan xatlarni imzolaydi.

Boʻlim xodimlarining xizmat vazifalari doirasi boʻlim boshligʻi tomonidan, boʻlim zimmasidagi vazifalardan kelib chiqqan holda, belgilangan tartibda tasdiqlangan xizmatchilar lavozimlari malaka bildirgichlari va lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq belgilanadi.

Boʻlimning tuzilishi va shtatlari soni belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Boʻlim oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga ega.

Boʻlim manzili:Termiz shahri, Barkamol avlod koʻchasi, 43-uy

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Jarayon

  • 2024-11-20
  • 31

Ayni damda TerDUning sport bazasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining voleybol turlari bo‘yicha hududiy bosqichi o‘tkazilayapti.

Batafsil

“Eng faol yil talabasi”

  • 2024-11-20
  • 430

Xabaringiz bor, bir necha yillardan buyon Oliy ta’lim muassasalarining talabalari o‘rtasida turli yo‘nalishlar bo‘yicha “Eng faol yil talabasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.

Batafsil

TerDU talabalarga yozgi amaliyot o‘tash orqali o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini taklif etmoqda

  • 2024-11-20
  • 46

O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlarining filiali TerDU talabalarga Toshkentdagi mahalliy va xalqaro kompaniyalarda yozgi amaliyot o‘tash orqali o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini taklif etmoqda.

Batafsil