Termiz davlat universiteti rektorining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi

1000126

Termiz davlat universiteti rektorining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi

Tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

Annayeva Zarifa Musurmonqulovna

Qabul vaqti: Haftaning barcha ish kunlari 9:00 – 12:00
Telefon: +998 88-075-03-71
Telegram: +998 88-075-03-71

Universitetdagi 14 ta fakultetlarda xotin – qizlar kengashlari raislari faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Universitet ilmiy kengashining qaroriga muvofiq Universitet xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga hamda barcha fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislariga ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qo‘shimcha haq to‘lanadi. Universitet xotin-qizlar kengashi raisiga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 17-iyuldagi 311-sonli, hamda Termiz davlat universiteti rektorining 2023 yil 20 iyuldagi 150-U-sonli buyrug‘iga asosan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi maqomi berilgan.

Bugungi kunda Termiz davlat universiteti jamoasida 636 ga yaqin ayollar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ulardan: 296 ta professor o‘qituvchilar bo‘lib, 340 qolgani texnik va ishchi ayollarni tashkil etadi.

Universitet xotin-qizlar kengashi professor – o‘qituvchi, xodimlar hamda talaba qizlarning jamiyatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi vazifalarni hal qilishdagi faolligini kuchaytirish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish va ta’minlash, kasbiy mahoratini oshirish, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga asoslangan holda oila munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy barkamol, g‘oyaviy kurashchan, millat va davlatning barqarorligi va taraqqiyoti yo‘lida o‘z kuchini ayamaydigan barkamol insonlar qilib tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ish olib boradi.

Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, salbiy illatlardan yiroq bo‘lish, professor – o‘qituvchi, xodimlar hamda talaba qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ularni madaniyat va sportga bo‘lgan qiziqish hamda ehtiyojini, munosib ravishda ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni hamkor tashkilotlar bilan amalga oshiradi.

Talaba qizlar orasida aldanib, xissiyotlarga berilib qolayotgan qizlarimiz ko'payib ketayapti shu sababli biz qizlarga odob, tuydan oldingi xollatlar, qiz bolani iffati va odobi to'g'risida ko'proq tushunchalar berish o'zlarni saqlashlari, oilalarda bo'layotgan vaziyatlar haqida ko'proq tushuncha berish maqsadida Xotin-qizlar masalahat Kengashi qoshida Terdu "Buvijonlar maktabini" tashkil etildi. Bu maktab 12 nafar yoshi ulug' ayollardan iborat ular hayotiy tajribaga ega. Jamiyatda, oilada ham siyosiy, ham iqtisodiy faol bo'lgan ayollar,ular muntazam har seshanba kuni kelib TTJ da barcha qizlarga turli masalalar bo'yicha va qolaversa pokizalik, ozodalik shu kabi masalalarga e'tibor berishib, talabalarga notinch oilalarda bo'layotgan vaziyatlarga, oilali talabalarga kaynona-kelin va shunga uxshash maslalalarni xal etishda o'z maslahatlarini va amaliy yordamlar berishadi.

Davlatimiz tomonidan xotin-qizlarning jamiyatdagi, oiladagi axvolini tubdan o‘zgartirish, ularning mehnati va turmushini to‘g‘ri tashkil qilish, xotin-qizlar uchun qulay bo‘lgan mehnat turlarini barpo etish, salomatligini mustahkamlash, ularni mehnat qilishlari uchun uy ro‘zg‘or ishlarini ijtimoiy ishlab chiqarishda faol qatnashish bilan oqilona olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi. Darhaqiqat, mamlakatimizda xotin-qizlar masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning faol ishtirok etishiga keng imkoniyat yaratildi. Bugungi kunda ayollar yurtimizda bo‘layotgan demokratik o‘zgarishlarda faol kuchlardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqdalar.

Xotin-qizlar jamiyatimiz fuqarolarining yarmidan ko‘pini tashkil qilibgina qolmasdan, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida ular ko‘pchilikni tashkil etadilar. Bugungi zamonaviy texnologiyalar, kompyuterlarning sirlarini bilish, jahon tillarini egallash, tarjimonlik, ish yuritish, hisob-kitob sohalarida ham ayollarning ishtiroki salmoqli.

 

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda universitet Xotin-qizlar kengashi ham quyidagilarni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib belgilab oldi:

· xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning universitet ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish;

· universitetda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo‘yishning umumiy chora-tadbirlari ishlab chiqish;

· Termiz davlat universitetida xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi boʻlgan ayollarning manzilli roʻyxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish, reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash.

· universitetdagi xotin-qizlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, talabalar turar joyida va xususiy xonadonlarda yashayotgan qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli to‘garaklarga, kasb-hunar o‘rganish ishlariga keng jalb etish masalalarida ularni har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash;

· Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni, bilan taqdirlash boʻyicha tizimda samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarni tavsiya etish yuzasidan taklif kiritish hamda nomzodlarni tanlashda qonuniylik, ijtimoiy adolat, shaffoflik tamoyillariga rioya etilishini taʼminlash.

· universitetdagi xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish.

 

Termiz davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari buyicha Kengash

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda “Adabiyot haftaligi” davom etmoqda

  • 2024-04-23
  • 21

Termiz davlat universitetida Surxon elining farzandi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2024-04-22
  • 35

Termiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi o‘qituvchisi Allayarov Sirojiddin Kamolovichning Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashda

Batafsil

“Biz korrupsiyaga qarshimiz”

  • 2024-04-22
  • 29

Termiz davlat universitetida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” va “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzularida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil