Bo‘lim faoliyat yo‘nalishi:
Universitet, chet tashkilotlar, xususiy tadqiqotchilar va boshqa manfaatdor shaxslarning ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va bosha innovatsion faoliyatiga patent olish uchun talabanoma materiallarini rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar.
Respublika bo‘ylab TIQQMlar tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad quyidagi chora-tadbirlar orqali ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish hisoblanadi:
- hududlarda intellektual mulk sohasiga oid konferensiyalar, o‘quv seminar-treninglarini o‘tkazish, shuningdek ilmiy-metodik hamda axborot materiallarini tarqatish orqali jamiyatda intellektual faoliyat natijalaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish masalalarini tashviqot qilish va ommalashtirish;
- ishlanmalar mualliflarining intellektual mulk sohasiga oid maxsus ma’lumotlar bazalari va boshqa axborot resurslaridan yanada kengroq foydalanishini ta’minlash;
- ishlanmalar, mualliflarini patent tadqiqotlarini o‘tkazish, ishlanmalarni kommersializatsiya qilishda patent ma’lumotlaridan foydalanish ko‘nikmalariga o‘rgatish;
- intellektual faoliyat natijalarini yaratish, ulardan foydalanish va huquqiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha maslahat berish.
Xizmat ko‘rsatish turlari:
- Intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun topshirilgan talabnomalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish bo‘yicha maslahat berish va ko‘maklashish;
- Intellektual mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnomalarni topshirishda ko‘maklashish;
- Agentlik tomonidan talabnoma topshiruvchilarga yuborilgan davlat ekspertizasi rasmiy so‘rovnomalarga javoblar tayyorlashda maslahat berish va ko‘maklashish;
- Intellektual mulk sohasiga doir boshqa masalalar yuzasidan tegishli maslahatlar berish;
- Mualliflik huquqi va turdosh huquqlari obyektlarini deponentlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlar berish, ularni rasmiylashtirish va topshirishda ko‘maklashish.
- IMD va BIMTning texnikaviy axborot, patentli va patentsiz malumotlar bazalariga kirish bo‘yicha xizmatlar;
- Malumotlar bazasidan foydalanib, patent qidiruvchini o‘tkazishda axborot qidiruviga ko‘maklashish;
- Sanoat namunalari obektlarini tijoratlashtirishdaular bo‘yicha litsenziya shartnomalarini tuzushda konsultativ yordam ko‘rsatish;
- intellektual mulk sohasidagi qonunchilik bo‘yicha umumiy axborotberish;
- Hududlarda intelektual faoliyatni va uning natijalaridan samarali foydalanishni rag’batlantirish;
- Ixtiro va foydali modellarga patent olish, shu jumladan RST protsedurasi bo‘yicha patentlarning xalqaro muxofazasini olish
Myunster universiteti doktoranti PhD dissertatsiyasini Termiz davlat universitetida muvaffaqiyatli himoya qildi
Batafsil
Termiz davlat universitetida 2026-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari doirasida 10 ta ixtisoslik bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.
Batafsil
Termiz davlat universiteti rektori huzurida universitetning qo‘shma ta’lim dasturlariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari muhokama qilindi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti