Termiz davlat universiteti rektorining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi hamda universitet Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi
Tolipov Izzat Abdulxoy o'g'li
O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TASHKILOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI:
– barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir talaba yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
– talaba yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
– talaba yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
– iste’dodli talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
– talaba yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
– talaba yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.
O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Boshlang‘ich tashkilotning huquqlari quyidagilardan iborat:
– jamiyat hayotining turli masalalari bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar kiritish;
– davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ishtirok etish;
– o‘z faoliyatiga doir ma’lumotlarni tarqatish;
– belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish, noshirlik va matbaa faoliyatlari bilan shug‘ullanish;
– Ustavda ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil qilish;
– o‘z ramziy belgilarini ta’sis etish;
– o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha yig‘ilishlar, majlislar, tadbirlar, anjumanlar, seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazish;
– qonun hujjatlariga binoan Respublika hududida o‘zining hududiy tuzilmalarini ochish.
Boshlang‘ich tashkilot qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Boshlang‘ich tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
– qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
– o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash;
– nodavlat notijorat tashkilotini ro‘yxatga oluvchi organga o‘zi o‘tkazayotgan tadbirlarda qatnashish imkonini berish;
Boshlang‘ich tashkilot zimmasida qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin
2025-yil 16-yanvar kuni Termiz shahar prokurori o‘rinbosari K. Hazratqulov Termiz davlat universitetining "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari
BatafsilTerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan oilali talabalar hamda jamiyatimizning faol ayollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
BatafsilAjdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak
Batafsil© Termiz davlat universiteti