KAFEDRA MUDIRI :
PhD dotsent
Imomova Umida Muzafarovna
Roman-german tillari kafedrasi tarixi:
“Nemis filologiyasi” kafedrasiga 1962-yil 2-sentyabrda asos solingan boʻlib,”Tarix-filologiya” fakulteti qoshida ish boshlagan.1991-yildan boshlab kafedra “Chet tillar” fakulteti tarkibida faoliyat yuritib boshlagan.2000-2005-yillarda kafedra “Fakultetlararo nemis tili” kafedrasi va “nemis filologiyasi” kafedrasiga boʻlingan. 2005-yilda har ikala kafedra birlashtirilgan va “Filologiya” fakulteti tuzilmasiga kiritilgan.2021-yil sentyabr oyidan boshlab “Roman-german tillari” kafedrasi deb nomlandi.
Kafedra tashkil etilgandan beri dots. F.Togʻayev, dots. M.Ashurov, dots. S.Krivonos, oʻq. X.Suvonov, k.oʻq. Sh.Kenjaboyev va k.oʻq. Sh.Begasheva, k.oʻq. S.Islomov kabi professor-oʻqituvchilar tomonidan boshqarilgan. Kafedrani 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab kafedra katta oʻqituvchisi U.Imomova boshqarib kelmoqda.
Kafedra professor-o`qituvchilari nemis tilining hozirgi kundagi ilmiy amaliy ahamiyati ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Keyingi yillarda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yuzdan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, shulardan bir nechtasi xorijda nashr qilingan.
Kafedra qoshida muntazam ravishda ilmiy seminarlar o’tkazilib, unda professor-o’qituvchilar o’zlarining xulosalari va yangi ma’lumotlari bilan fikr almashib turadilar.
Hozirgi kunda kafedrada 7 nafar professor-o’qituvchi mehnat qiladi. Jumladan, 1-fan nomzodi, 2-katta o’qituvchi va 4 - o’qituvchi. Xorijiy oliy o’quv yurtlari bilan aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda.Kafedraning doimiy ilmiy aloqalariga Germaniyaning Myunster universiteti, Gyote instituti, Germaniyaning DAAD tashkiloti o’rtasida shartnomalar tuzilgan bo’lib, bizning o’qituvchilarimiz va talabalarimiz o’z malakalarini oshirish imkoniyatlariga egadirlar.
Roman-german tillari kafedrasi qoshida “Deutsch mit Spaß (Zavqli nemis tili)”, “Je parle français(Men fransuz tilida gapiraman)”fan toʻgaraklari hamda “Junge Übersetzer(Yosh tarjimon)”ilmiy-ijodiy tugaragi faoliyat yuritmoqda.
Roman-german tillari kafedrasi tomonidan nemis tilini ommalashtirish sohasida doimiy ravishda samarali ishlar olib borilmoqda. Germaniyaning Gyote instituti,ERASMUS loyihasi doirasida hamkorlikda Yozgi maktablar va DAAD tashkiloti xodimlari tomonidan bilan ham hamkorlikda ilmiy amaliy tadbirlar tashkil etilib turadi.
Roman-german tillari kafedrasida kutubxona tashkil etilgan bo`lib, Germaniyaning Gyote instituti tomonidan doimiy ravishda kitoblar taqdim etiladi.Xozirgi kunda 300 dan ortiq ilmiy va badiiy kitoblar professor o`qituvchilar va talabalarga xizmat qilmoqda.
KAFEDRADA OʻQITILADIGAN YOʻNALIShLAR
BAKALAVRIAT:
60230100- Filologiya va tillarni oʻqitish (nemis tili)
60230100- Filologiya va tillarni oʻqitish (fransuz tili)
MAGISTRATURA:
70230101- Lingvistika(nemis tili)
KAFEDRA ILMIY TADQIQOT YOʻNALIShLARI
Qiyosiy tipologiya,tarjimashunoslik,chet tili oʻqitish metodikasining dolzarb muammolari,lugʻatshunoslik,nemis va oʻzbek tili leksikologiyasi va leksikografiyasi, fransuz va oʻzbek tili leksikologiyasi va leksikografiyasi
Joriy yilning 22–24-may kunlari Toshkent shahrida yengil atletika sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Talabalar ligasi” Respublika bosqichida
Batafsil
Surxondaryo viloyati mezbonligida o‘tkazilgan "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining gandbol bo‘yicha Respublika final bosqichi yuqori saviya va murosasiz bahslarga boy tarzda yakunlandi.
Batafsil
Termiz davlat universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida universitetning Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori G‘afur Tog‘ayev boshchiligidagi delegatsiya ayni kunlarda
Batafsil© Termiz davlat universiteti