KAFEDRA MUDIRI.
Qurbonaliyeva Maxfirat Sadullayevna
Tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi 2006 yil tashkil topgan. Kafedra shu davrda 1 nafar fan nomzodi, 2 nafar oʻqituvchi bor edi. Hozirgi kunda kafedrani filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Qurbonaliyeva Maxfirat Sadulayevna boshqarib kelmoqda. Qisqa muddatda kafedra malakali kadrlar bilan ta’minlanib, professor-o‘qituvchilarning soni va sifati oshirilgan.
Hozirda kafedrada 2 nafar fan nomzodi 2 nafar falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar o‘qituvchi– jami 8 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatib, ta’lim-tarbiya ishlariga jalb qilingan.
Kafedrada o‘qitiladigan yo‘nalishlar:
Bakalavriat:
Filologiya va tillarni o‘qitish (tojik tili)
Filologiya va tillarni o‘qitish (fors tili)
Filologiya va tillarni o‘qitish (yapon tili)
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
Tilshunoslik nazariyasi
Tojik folklori
Adabiyot nazariyasi
Tojik mumtoz adabiyot tarixi
Tojik dialektologiyasi
Jahon va eroniy xalqlar adabiyoti
Badiiy matn tahlili
Tojik tilshunosligi tarixi
O‘zbek-tojik adabiy aloqalar
Tojik tili tarixi
Yangi tojik adabiyoti tarixi
Tojik tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi
Eroniy tillarning qiyosiy-tarixi grammatikasi
Tasavvuf adabiyoti
Sotsiolingvistika
Hozirgi tojik tili
Uslubshunoslik va tahrir
Adabiy jarayon
Sharq tillari (arab va fors)
Matnshunoslik
Tojik adabiy tanqid tarixi
Mamlakatshunoslik
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar
Tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi qoshida 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish(tojik tili) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat mavjud.
Kafedrada kompyuter xizmatidan foydalanish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilib qo‘yilgan.
Bundan tashqari “Yosh adabiyotshunoslar”,“ Zabonshinos”,“Zaboni forsi ” “Mash’alai ilm” “Chashmai xurshid” to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi.
Kafedrada 3 nafar: Karimov Abdulatif , Rahmatov Ahtam va Salimova Sohiba tayanch doktorantlari ilmiy tadqiqot olib borishmoqda.
Barcha o‘qituvchilarning ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratilgan.
Darslik va o‘quv qo‘llanmalar
Dotsent R.Abdullayev tomonidan 2024-2025 oʻquv yilida “Muizzii Nishopuri va muxtasari devoni oʻ” nomli monografiya, “Adabiyoti jahon”(Asliddin Qamarzoda hammuallifligida), “Tojik dialektologiyasi”(Dilmurod Hamidov hammuallifligida) darsliklari chop etildi.
Dotsentlar R.Abdullayev va I.Eshonqulovlar tomonidan 6 va 7 sinf maktab oʻquvchilari uchun darslik yozildi.
Dotsent I. Eshonqulov tomonidan Ta’rixi adabiyoti tojik (az davrai boston to asri XI) darsligi chop etildi
PhD M.Qurbonaliyeva tomonidan “Omuzishi zaboni forsi” va “Morfologiya” oʻquv qoʻllanmalari chop etildi.
Katta oʻqituvchi N.Murodov tomonidan “Eski oʻzbek tili” oʻquv qoʻllanmasi chop etildi.
PhD J.Jumaqulov tomonidan “Ta’rixi zaboni tojiki” nomli oʻquv qoʻllanma va darslik chop etildi.
Oʻqituvchi S.Saidova tomonidan “Sintaksis-yake az baxshhoi muhimi zabonshinosi” oʻquv qoʻllanmasi chop etildi.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar
Hisobot yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2024-2025 oʻquv yilida xalqaro ilmiy jurnallarida 12 ta, Respublika miqyosida ilmiy jurnallarida 15 ta maqola, xalqaro ilmiy –amaliy anjumanlarida 10 ta, Respublika ilmiy-nazariy anjumanda 13 tezislar chop etildi.
Ilmiy maqolalar
Kafedra Xorijiy davlatlar Eron (Tarbiyati mudarris,Aloma tabo taboiy) universitetlari, Tojikiston (Sadriddin Ayni nomidagi pedagogik universiteti, Abu Abdullo Rudakiy nomidagi til va adabiyot instituti, Tojikiston milliy universiteti Bobojan G‘afurov nomidagi Xo‘jand universitetlari) bilan o‘quv ilmiy yo‘nalishda mustahkam aloqa o‘rnatilgan.
Kafedra mudiri dotsent v.b. M.Qurbonaliyeva va kafedra dotsenti R.Abdulloyevlar tomonida scopus bazasida indekslanuvchi Q2, Q4 jurnallarida ilmiy maqolalar nashr etildi.
Kafedradagi barcha fanlar bo‘yicha har o‘quv yilida ma’ruza matnlari, O‘UM yangilanib boriladi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlari kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib, taqrizchilar belgilanadi, tasdiqlanadi va foydalanish uchun tavsiya qilinadi. Kafedraning har bir professor-o‘qituvchilarida mashg‘ulotga kirishda quyidagi me’yoriy xujjatlar bo‘lishi talab etiladi.
Har bir fan bo‘yicha fan dasturi, sillabus, OʻUT, ma’ruza matni, reyting ishlanmasi mavjud.
Termiz davlat universitetida “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda xalqaro tajriba va milliy yondashuv” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
BatafsilTermiz davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari tomonidan talabalar o‘rtasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida «Korrupsiya jamiyat tanasidagi saraton»
BatafsilTadbirda shahrimizdagi 1-son oilaviy poliklinikasi shifokorlari ishtirok etib, talaba-qizlarimizga OITS (SPID), gepatit A, B, C kabi virusli kasalliklarning oldini olish, shaxsiy gigiyena va tozalik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar
Batafsil© Termiz davlat universiteti