KAFEDRA MUDIRI :
Xujanova Ozoda Tojievna
Termiz davlat universitetining rus va jaxon adabiyoti kafedrasi 2018 yil rus tili va adabieti kafedrasi negizida tashkil topgan. Hozirgi vaqtda kafedraga v.b. dots. O.T.Xujanova mudirlik qilib kelmoqda.
Kafedraning tarixi o’tgan asrning 70 yillariga borib taqaladi. O’sha paytda kafedrada Lantsuzskiy, Imeryakov, Chumakova kabi respublikada taniqli tilshunos va adabiyotshunos olimlar mehnat qilishgan. Ularning rahbarligida f.f.nomzodlari, dotsentlar F.Arslonova, N.Panjiev, N.Sukanova, B.Ilyosov , N.Valieva kabi iste’dodli mutaxassislar yetishib chiqdi. O’z navbatida, ularning izdoshlari sifatida ilmiy salohiyati bo’yicha boshqalardan kam bo’lmagan iqtidorli olimlardan filologiya fanlari doktorlari D.Kulmamatov , P.Bakirov, filologiya fanlari nomzodi U.Esanov, O.Xujanova, katta o’qituvchilar A. Alibaeva, G. Usmanova faoliyat yuritmoqda.
Hozirgi vaqtda kafedra o’qituvchilari o’z ustozlarining shonli an’analarini davom ettirib, ilmiy-tadqiqot va o’quv-tarbiyaviy ishlar sohasida katta izlanishlar olib borishmoqda.
Kafedra tilshunoslari va adabiyotshunoslari ikki tillilik, rus tili va adabiyotining dolzarb muammolari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Keyingi yillarda kafedra mutaxassislari tomonidan yuzdan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi, shulardan bir nechtasi xorijda nashr qilingan.
Kafedra qoshida muntazam ravishda ilmiy seminarlar o’tkazilib, unda professor-o’qituvchilar o’zlarining xulosalari va yangi ma’lumotlari bilan fikr almashib turadilar.
Hozirgi kunda kafedrada 11 nafar professor-o’qituvchi mehnat qiladi. Jumladan, 2-fan nomzodi, 3-katta o’qituvchi va 6 - o’qituvchi. Xorijiy oliy o’quv yurtlari bilan aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda.Kafedraning doimiy ilmiy aloqalariga Moskva davlat pedagogika universiteti, Qozon federal universiteti, Vladimir davlat universitetlarining ixtisoslashgan kafedralari o’rtasida shartnomalar tuzilgan bo’lib, bizning o’qituvchilarimiz u yerlarda o’z malakalarini oshirish imkoniyatlariga egadirlar.
Universitetning rus va boshqa fakultetlar talabalari bilan o’quv-tarbiyaviy hamda ilmiy ishlar olib borish kafedra o’qituvchilari faoliyatida alohida o’rin tutadi. Kafedra qoshida “Yosh olimlar”, “Adabiyotchi ” va rus tili fani buyicha to’garaklar faoliyat ko’rsatadi, unda mutaxassis o’qituvchilar talabalar bilan hamkorlikda ilmiy va ijodiy ishlar olib borishadi.
Rus va jaxon adabiyoti kafedrasi tomonidan rus tilini ommalashtirish sohasida doimiy ravishda samarali ishlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati Rus madaniy markazi bo’limi bilan ham hamkorlikda madaniy tadbirlari tashkil etilib turadi.
Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishlari:
· 60230100 – filologiya va tillarni o’qitish(rus tili);
· Kafedra magistratura mutaxassisliklari:
· 70230502 – Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti)
Kafedrada o’qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
Rus tili va adabiyotini o’qitish metodikasi;
Adabiyotshunoslik asoslari va nazariyasi;
Rus adabiyoti tarixi;
Jaxon adabiyoti tarixi;
O’zbek adabiyoti jaxon kontekstida.
Kafedra professor-o’qituvchilari:
· Xujanova Ozoda Tojiyevna
· Alibaeva Lola Namazovna
· Abdullaev Maxmud Axmatovich
· Umbetova Nadejda Jamilyevna
· Achildieva Nigora Baxtiyorovna
· Davlyatshina Gulnur Yurisovna
· Xalikov Tulkin Xurramovich
· Xodjakulova Shaxlo Askarovna
· Salomova Nargiza Adulxamedovna
· Narmuratov Ishankul
· Usmanova Gulshad Madxatovna
Kafedra manzili: o’quv bino, 3– qavat, 321– xona
Ayritom Erkin Iqtisodiy Zonasida TerDU talabalari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida
Batafsil
Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Batafsil
Xabar berilganidek, Termiz shahri Jo‘yjangal mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalni rekonstruksiya qilish asosida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalarini o‘z ichiga olgan zamonaviy saylgoh tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Batafsil© Termiz davlat universiteti