DIQQAT, EʼLON!

2025/2026 oʻquv yili uchun nomli davlat  stipendiyalariga talabgorlar uchun  maxsus test sinovlari oʻtkazilmaydi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra nomli davlat stipendiyalarga talabgorlar uchun axborot texnologiyalari, Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillar boʻyicha maxsus test sinovlari joriy etilgani munosabati bilan talabalar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda.

📌Shu oʻrinda quyidagilarni maʼlum qilamiz.

❗️Mazkur qaror bilan Prezident va nomli davlat stipendiyalarini tayinlashning yangi tartibi joriy etilgan boʻlib, ushbu tartib 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab belgilangan talab va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.

Joriy oʻquv yili uchun nomli davlat stipendiyalari tanlovlarining oliy taʼlim muassasasi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, hujjatlari belgilangan tartibda respublika bosqichiga yuborilgan talabalarga nisbatan maxsus test sinovlari oʻtkazilmaydi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 36

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil