DIQQAT! TANLOV

“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi 

🏛 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlarni Vatanga sadoqat, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda harbiy-amaliy sport turlarini ommalashtirish maqsadida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda. 

📌 Musobaqa jamoaviy tarkibda 3 bosqichda o‘tkaziladi:

↪️1-bosqich – oliy ta’lim tashkilotining ichki (fakultetlararo) saralash bosqichi (mart-aprel);

↪️2-bosqich – Hududiy saralash bosqichi (aprel-may);

↪️3-bosqich – Respublika bosqichi (may-iyun).

🏆Ko‘rik-tanlovning hududiy bosqich g‘oliblari faxriy yorliq va moddiy rag‘bat bilan taqdirlanadi. Respublika bosqichi g‘oliblari esa I, II va III darajali diplom hamda quyidagi tartibda qimmatbaho sovgalarga ega bo‘ladi:

🥇1-o‘rin – 5 ta noutbuk;

🥈2-o‘rin – 5 ta planshet;

🥉3-o‘rin – 5 ta televizor.

Ko‘rik-tanlov nizomini o‘qish

🇺🇿 Mazkur tanlovda barcha talaba-yoshlarni faol ishtirok etishga chorlaymiz! Ishtirok etish istagidagi yoshlar o‘zi tahsil olayotgan oliygoh mas’ullariga murojaat qilishi mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 34

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 36

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 32

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil