Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Termiz davlat universitetida Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor islohotlar hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi asosida ishlab chiqilayotgan Davlat dasturi loyihasi yuzasidan ma’lumotlar berildi. Mazkur hujjatlar bo‘yicha jamoatchilik muhokamasining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, Yoshlar parlamentining faoliyati, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbirda Yoshlar parlamenti a’zosi Avazbek Arabboyev yoshlarning tashabbus va takliflari davlat siyosatini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdi.

Muloqot davomida talabalar o‘quv amaliyotlarini turli davlat va nodavlat tashkilotlarda tashkil etish, viloyatning chekka hududlarida chet tillari va sun’iy intellekt yo‘nalishida o‘quv markazlari ochish, kiberxavfsizlikni mustahkamlash hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.

Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar uchun alohida muloqot platformasini tashkil etish hamda kelgusida Yoshlar parlamenti bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik nafasi

  • 2026-09-15
  • 26

Bugun Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida ezgu niyatlar, samimiy suhbatlar va fayzli dasturxon atrofida tarix sahifalarida muxrlanadigan uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

ILMIY FAOLLIK - UNIVERSITETIMIZ TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI!

  • 2026-09-15
  • 35

Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilmiy maydondagi natijalari universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Batafsil

Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda

  • 2026-09-14
  • 32

Rektor huzurida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil