TerDU talabalari xalqaro olimpiadada munosib natija qayd etdi!

Buxoro davlat universiteti mezbonligida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro kimyo va matematika fan olimpiadalarida (BIMO–2026 va BICHO–2026)Termiz davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdilar.

Xususan, kimyo yo‘nalishidagi iqtidorli talabalarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, matematika yo‘nalishi talabalari ham aynan shunday natijani qayd etib, TerDU sharafini munosib himoya qildilar.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, ushbu xalqaro olimpiadalarda 10 dan ortiq davlatdan 500 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdi. Bu esa erishilgan natijalarning naqadar yuqori va e’tiborga molik ekanidan dalolat beradi.

Olimpiadaning tantanali taqdirlash marosimida talabalar bilan bir qatorda, ularni ushbu yutuqlarga yetaklagan professor-o‘qituvchilarimizga ham alohida ehtirom va hurmat ko‘rsatildi. Termiz davlat universiteti jamoasi o‘z iqtidorli talabalari va fidoyi ustozlari bilan haqli ravishda faxrlanadi!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 42

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 35

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 39

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil