KAFEDRA MUDIRI :
Eshmuminov Asqar Allamuradovich
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 2020 yil tashkil topgan. Kafedra shu davrda 10 nafar professor-o‘qituvchi bilan ish boshlagan bo‘lib, ulardan 2 nafari filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) edi. Kafedrani filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent A.Eshmuminov boshqarib kelmoqda. Qisqa muddatda kafedra malakali kadrlar bilan ta’minlanib, professor-o‘qituvchilarning soni va sifati oshib bormoqda.
Hozirda kafedrada 1 nafar dotsent, 1 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan katta o‘qituvchi , 1 nafar katta o‘qituvchi va 9 nafar o‘qituvchi– jami 12 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda .
Kafedra o‘qituvchilari
Fio:Raximova Umida Jumayevna Qabul vaqti: shanba 10:00 dan 12:00 gacha Telefon:+998995864255 E-mail: raximova_19723@mail.ru |
F.I.O: Begmatova Gulchehra Xolmurotovna Qabul vaqti: shanba 13:00 dan 16:00 gacha Telefon:+998 902458232 E-mail: gulcherhra.begmatova@ 83bk.ru |
FIO:Davidov Yunus Jummayevich Qabul vaqti: shanba 10:00 dan 12:00 gacha Telefon:+998919081828 E-mail: yunusdavidov59@mail.com |
FIO:Amini Aziz Ahmad Qabul vaqti: shanba, 8:00 dan 12:00 gacha Telefon:+998991757440 E-mail: azizamini126@mail.com |
FIO:Nadim Muhammad Humoyun Qabul vaqti:shanba 9:00 dan 12:00 gacha Telefon:+998 906454010 E-mail: nadim@tersu.uz |
FIO:Qodirova Zaynura Zayniddinovna Qabul vaqti: shanba 10:00 dan 12:00 gacha Telefon:+998 975338834 E-mail:qodirova@.mail.ru |
FIO:Shaymardanova Aziza Raimjonovna Qabul vaqti: shanba, 9:00 dan 12:00 gacha Telefon:+998 995860517 E-mail:shaymardanova @mail.ru |
FIO:Hamidov Mansur Abdumannobivich Qabul vaqti: shanba, 9:00 dan 14:30 gacha Telefon:+998 990299127 E-mail:oksi-2005@.mail.ru |
FIO:Bo‘riyev Jamshid Xudoyberdiyevich Qabul vaqti:shanba 10:00 dan 12:00 gacha Telefon:+998944699334 E-mail:jamshidburiyev55@mail.com |
FIO:Choriyeva Charos Salomovna Qabul vaqti:shanba 09:00 dan 12:00 gacha Telefon:+998995676026 E-mail:charoschoriyeva@mail.ru |
FIO: Nazarov Zokir Muxammad o‘g‘li Qabul vaqti: shanba 10:00 dan 12:00 gacha Telefon:+998 937616566 E-mail:zokirnazarov@.mail.com. |
FIO:Nomozova Mohichehra Rustamovna Qabul vaqti:shanba 8:00 dan 10:20 gacha Telefon:+998938981888 E-mail:nomozova@.mail.ru |
Kafedrada o‘qitiladigan yo‘nalishlar:
Bakalavriat:
Magistratura
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat:
Davlat tilida ish yuritish
O‘zbek tili
O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi
Jahon adabiyoti
O‘zbek adabiyoti
Nutq madaniyati
Navoiyshunoslik
Mumtoz she’riyat asoslari
Bolalar adabiyoti
Tilshunoslik
Adabiyotshunoslik
Magistratura
Zamonaviy leksikografiya nazariyasi va amaliyoti
Amaliy tilshunoslik
Lingvodidaktika asoslari
Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining nazariy masalalari
Ilmiy pedagogik tadqiqot metodologiyasi
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi qoshida 5 –O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha magistratura mavjud.
Shuningdek, kafedra qoshida “ O‘zbek tili va adabiyotii” (mudirasi –Safarova Dildora) ham faoliyat ko‘rsatadi. Kabinetda kompyuter va multimediya xizmatidan foydalanish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilib qo‘yilgan.
Kafedrada 1 nafar: Nadim Muhammad Humoyun doktoranturada tahsil olishmoqda.
Kafedramiz mudiri Eshmuminov Asqar Allamurodivich 2020-yil 27-fevral kuni Qarshi davlat universiteti qoshidagi ilmiy kengashda filologiya fanlari yo‘nalishida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani muvaffaqqiyatli himoya qildi.
Barcha o‘qituvchilarning ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratilgan. Ular ilmiy safarlarga yuborilmoqda.
Kafedramiz o‘qituvchisi Nadim Muhammad Humoyun 2021 yilning 25-noyabrida “Shimoliy Avg‘oniston o‘zbeklari to‘y-marosim etnografizmlarining tizimi va leksikografik xususiyatlari” mavzusida fakultet doirasida seminar o‘tkazildi. Yaqin kunlarda himoya kutilmoqda.
Bundan tashqari Kafedrada mustaqil tadqiqotchilik asosida 3 ta professor-o‘qituvchi ilmiy-tadqiqot olib bormoqda. Shundan, katta o‘qituvchi Rahimova Umida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar
ilmiy maqolalar
Kafedrada asosan tilshunoslik yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Asqar Eshmuminov Turkiya davlatida 2020-yil 22-24 oktabr kunlarida konferensiyada ishtirok etdi. “O‘zbek tilini dunyo miqyosida keng targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari” 19-20 oktabr, 2020-yil.
“Issues of creating a database of lexically and semantically related units of the uzbek national corps’’ nomli maqolasi Electronic journal of actual problems of modern science, education and training Xalqaro jurnalda nashrdan chiqdi.
Til va adabiyot ta’lim jurnalida A.Eshmuminovning Korpusda razmetka va uning xususiyatlari mavzusida maqola chiqargan
International Scientific Journal Theoretical & Applied Science A.Eshmuminovning Progressive development of corporate linguistics in The world and uzbek linguistics 13-oktabr 2021-yil
O‘zbek tili milliy korpusining sinonim so‘zlar bazasi Monografiya. - Termiz davlat universiteti nashriyoti. 2021. 116 b.
Korpus lingvistikasining shakllanish bosqichlari. // Uslubiy qo‘llanma 3 kurs uchun , Termiz davlat universiteti nashriyoti. 2021. -48 b.
Kafedra katta o‘qituvchisi PhD G. Begmatova 2020 yildan beri o‘z ilmiy mavzusi yuzasidan 10 dan oriiq tezis va maqolalari bilan kafedra umumiy reytingiga o‘z hissasini qo‘shdi. G. Begmatovaning ilmiy maqolasi Respublika OAK ro‘yxatidagi ixtisoslik jurnallarida nashr etilgan, xususan, 2021 yil fevral oyida “Ma’mun akademiyasi” ilmiy nashrida e’lon qilindi.
Kafedra Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Samarqand davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti olimlari bilan mustahkam aloqa o‘rnatilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining olgan ilmiy natijalari o‘zimizni Respublikada hamda Respublikadan tashqari ta’lim muassasalarida ularning ilmiy tadqiqot ishlarida foydalanilib kelmoqda.
Kafedradagi barcha fanlar bo‘yicha har o‘quv yilida ma’ruza matnlari, O‘UM yangilanib boriladi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlari kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib, taqrizchilar belgilanadi, tasdiqlanadi va foydalanish uchun tavsiya qilinadi. Kafedraning har bir professor-o‘qituvchilarida mashg‘ulotga kirishda quyidagi me’yoriy hujjatlar bo‘lishi talab etiladi.
Har bir fan bo‘yicha namunaviy fan dasturi, ishchi o‘quv dasturi, UMK, ma’ruza matni, reyting ishlanmasi, kalendar mavzuli reja, amaliy mashg‘ulotlari hujjatlar mavjud.
Aziz Amini “Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklar nutqida g‘allachillikka oid so‘zlar” mavzusida O‘zbekistonda ilmiy amaliy tadqiqotlar mavzusidagi Respublika 15-ko‘p tarmoqli ilmiy konferensiya, “Shimoliy Avg‘oniston o‘zbeklari nutqidagi g‘allachilikka oid so‘zlarning o‘zbek tilining izohli lug‘atida berilishi” “молодой учёный” xalqaro ilmiy jurnalda, “Shimoliy Avg‘oniston o‘zbek shevalarida qo‘shchilikka oid so‘zlar” Образование и наука XXI веке” xalqaro ilmiy jurnalda maqolalari bilan qatnashgan.
Shaymardanova Azizaning “The role and position of lacunas of cultural location
In the process of communication (can the word
“yanga” be thought to be a lacuna in uzbek language” 2020.12.24 nomli maqolasi AQSH ning Filadelfiya shahrida nashrdan chiqdi.
“O‘zbek tilining intralingval lakunalari” Buxoro shahridagi xalqaro konferensiyada nashrdan chiqdi.
“Uslubiy lakunalar” nomli maqolasi Samarqanddagi “Ilmiy va professional ta’lim jarayonida muloqot, jamiyat, fan va madaniyatlar integratsiyasi” xalqaro ilmiy amaliy anjuman materiallarida 12-13 -noyabr,2021-yil nashr etildi.
Nadim Muhammad Humayunning Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari etnografik leksikasi o‘ziga
xosligini belgilovchi omillar Cўз санъати халқаро журнали, международный журнал искусство слова | international journal of word art №3 | Toshkent, 2021.
107-113 betlar Nadim Muhammad Humayunning Shimoliy Afg‘oniston o‘zbeklari to‘y marosimi etnografizmlarining Tizimiy va leksikografik xususiyatlari Oriental renaissance: innovative, educational, natural and social scientific journal Impact Factor = 5.423
ISSN 2181-1784 volume 1, issue 2 march 2021 22-29 betlar maqolalari chop etilgan.
Ilmiy tadqiqot ishlari kafedrada qizg‘in davom etmoqda.
Xabaringiz bor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi universitetlarda talabalarning qishki ta’til davridan unumli foydalangan
BatafsilTermiz davlat universiteti geografiya o'qituvchisi Esanov Nazar Amanturdiyevich Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat
BatafsilXabaringiz bor, ayni damda Toshkent shahrida "Eng faol yil talabasi-2024" ko'rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda
Batafsil© Termiz davlat universiteti