KAFEDRA MUDIRI :
Amonturdiyev Nurali Rashidovich
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi 1967- yil tashkil topgan. Kafedra shu davrda 5 nafar professor-o‘qituvchi bilan ish boshlagan bo‘lib, ulardan 2 nafari fan nomzodi edi. Kafedrani filologiya fanlari nomzodi, professor J.Omonturdiyev tashkil qilgan va boshqargan. Qisqa muddatda kafedra malakali kadrlar bilan ta’minlanib, professor-o‘qituvchilarning soni va sifati oshirilgan. Hozirgi kunda kafedrani dotsent Bekpo‘lat Umurqulov boshqarib kelmoqda.
Shu vaqtga qadar kafedrada marhum ustozlardan dotsent Akbar Mamatqulov, professor Xolmirza Xoliyorov, filologiya fanlari doktori Sattor Mahmatqulov, filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar Yomg‘ir Abdurasulov, Xurram Alimurodov, Xo‘shboq Xolmo‘minov, Ro‘ziqul Normurodov va prof. Anvar Omonturdiyevlar faoliyat ko‘rsatganlar (ularning oxirati obod bo‘lsin!).
Hozirda kafedrada 2 nafar fan doktori, 6 nafar filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), 5 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar o‘qituvchi – jami 18 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.
Hozirga qadar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 18 ta monografiya, 4 ta darslik, 12 ta lug‘at, 25 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 35 ga yaqin o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 12 ta risola hamda 1200 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirilgan.
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi qoshida 60230100 – filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatura hamda 70230101 – Lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nalishi bo‘yicha magistratura mavjud.
Kafedrada 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengash faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, “Tilshunos” to‘garagi va ilmiy seminar faoliyat ko‘rsatadi.
Kafedrada «O‘zbek nutqshunosligi: badiiy nutq tahlili, antroposentrik nazariya, etnolingvistika, korpus tilshunosligi ilmiy yo‘nalishlari» bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Kafedra Respublikamizdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari, shuningdek, viloyatimizdagi qator maktablar bilan ilmiy-amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
Kafedradagi barcha fanlar bo‘yicha har o‘quv yilida ma’ruza matnlari yangilanib boriladi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan fanlar bo‘yicha ma’ruza matnlari kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib, taqrizchilar belgilanadi, tasdiqlanadi va foydalanish uchun tavsiya qilinadi. Kafedraning har bir professor-o‘qituvchilarida mashg‘ulotga kirishda quyidagi me’yoriy xujjatlar bo‘lishi talab etiladi.
Har bir fan bo‘yicha namunaviy fan dasturi, ishchi o‘quv dasturi, Raqamli ta’lim resurslari, ma’ruza matni, reyting ishlanmasi, kalendar mavzuli reja, amaliy mashg‘ulotlari hujjatlari va hakozolar.
Kafedra mudirlari:
1967- yildan 1977- yilgacha J.Omonturdiyev kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
1977- yildan 1982- yilgacha Yo. Abdurasulov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
1982- yildan 1989- yilgacha J.Omonturdiyev kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
1989- yildan 2000- yilgacha X.Xoliyorov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2000- yildan 2005- yilgacha S.Mahmatqulov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2005- yildan 2011- yilgacha B.Umurqulov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2011- yildan 2015- yilgacha A.Omonturdiyev kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2015- yildan 2017- yilgacha O‘.Xoliyorov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2017- yildan 2019- yilgacha Sh.Bobomurodova kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
2019- yil 3- sentyabrdan kafedra mudiri lavozimida B.Umurqulov faoliyat yuritmoqda.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
Bakalavriat: |
Magistratura: |
· Tilshunoslikka kirish. · Hozirgi o‘zbek adabiy tili. · Kompyuter lingvistikasi. · O‘zbek dialektologiyasi. · O‘zbek tili tarixi. · Matnning lingvistik tahlili. · O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi · Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari · O‘zbek terminologiyasi · Leksikografiya asoslari · Tilshunoslik va sotsiologiya · Amaliy tilshunoslik va leksikografiya asoslari |
· Matn tilshunosligi. · Psixolinvistika. · Lingvokulturologiya. · Tilshunoslik ilmiy tadqiqot metodologiyasi · Nazariy tilshunoslik masalalari. · Pragmalingvistika. · Kognitiv tilshunoslik. · Areal lingvistika · Matn tilshunosligi |
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchilari
Maxmaraimova Shohista Tuxtashevna Qabul vaqti: Shanba 9:00-12:00 Telefon: 93769 79 99 E-mail:mahmaraimovash@tersu.uz |
Omonturdiyev Nurali Rashidovich Qabul vaqti:Sеshanba 14:00-16:00 Telefon: 99 677 07 06 E-mail: nuraliomonturdiyev@tersu.uz |
Amonturdiyeva Shoira Ravshanovna Qabul vaqti: Payshanba 14:00-16:00 Telefon: 91 233 40 11 E-mail:bashariyat-0757@bk.ru |
Rahimova Zebiniso Shomansur qizi Qabul vaqti: Seshanba 14:00-16:00 Telefon: 91 510 17 77 E-mail:rahimovazeboshka@gmail.com |
Turdiqulov Sherzod Duminovich Qabul vaqti:Sеshanba 14:00-16:00 Telefon: 91 575 94 78 E-mail: turdiqulovsh@tersu.uz |
Turdimurodov Sirojiddin Eshqobilovich Qabul vaqti: Dushanba 14:00-16:00 Telefon:94 692 35 97 E-mail:turdimurodovs@tersu.uz |
Qurbonnazarova Nargiz Shodiyevna Qabul vaqti:Chorshanba 14.00 – 16.00 Telefon: 99 676 07 30 E-mail:kurbonazarovan@tersu.uz |
Boysariyeva Saodat Bahtiyor qizi Qabul vaqti:Juma 14.00 – 16.00 Telefon:91 230 03 93 E-mail:boysarievas@tersu.uz |
Ilmiy darajaga va unvonga ega bo‘lganlar soni – 8 ta Shulardan 2 nafar fan doktori, 6 nafar filologiya fanlari falsafa doktori (PhD)
Jami 25 sh.b. da 15 ta professor-o‘qituvchi ishlaydi.
Doktorlik dissertatsiyasi himoyasi.
2021- yil 9- dekabrda Termiz davlat universitetida 10.00.01. – O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha Kurbonnazarova Nargiz Shodiyevna “Surxon vohasi to‘y marosimi etnografizmlarining ” mavzusida falsafa foktori (PhD) dissertatsiyasini muvoffaqqiyatli himoya qildi.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash.
2020-2021-o‘quv yilida 4-kurs talabasi Eshmirzayeva Safarmoh O‘zbek tili va adabiyoti fanidan o‘tkazilgan fan olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, o‘zbek adabiyoti magistraturasiga qabul qilindi. 2021-2022- o‘quv yilida kafedrada iqtidorli talabalaridan Esanturdiyev Dilnoza, Turdiyeva Navruzgul, Xo‘janova Nasibalar Universitet stipendianti lauriati bo‘ldi. Iqtidorli talabalar o‘z ilmiy izlanishlarini reja asosida olib borishmoqda. Olingan natijalar asosida xalqaro va Respublika miqyosida maqola va tezislar chop etilgan.
Kafedraga ilmiy izlanish olib borish niyatida murojaat qilgan talabalarga mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tegishli mavzular tavsiya qilindi va ular o‘z izlanishlarini 1,2-va 3-kursdan boshlaydilar.
Olingan patentlar, litsenziyalar va ixtirolar.
2019-, 2020- yillarda kafedra o‘qituvchilari tomonidan EHM dasturlari uchun 2 ta mualliflik guvohnomasi olingan.
Ilmiy maqola, monografiya, o‘quv qo‘llanma va darsliklar chop etish.
2021-2022- o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan monografiya, risola, lug‘at, xalqaro, Respublika miqyosida ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Jumladan, o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 1 ta lug‘at, 1 ta ilmiy risola, xorijiy ilmiy jurnallarda 14 ta maqola, Respublika ilmiy jurnallarida 16 ta maqola, xalqaro konferensiyalarda 14 ta maqola, Respublika konferensiyalarida 26 ta tezis nashr ettirishgan
Xabaringiz bor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi universitetlarda talabalarning qishki ta’til davridan unumli foydalangan
BatafsilTermiz davlat universiteti geografiya o'qituvchisi Esanov Nazar Amanturdiyevich Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat
BatafsilXabaringiz bor, ayni damda Toshkent shahrida "Eng faol yil talabasi-2024" ko'rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda
Batafsil© Termiz davlat universiteti