Xorijiy fuqarolar uchun

Xorijiy fuqarolar tanlagan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha o’tkaziladigan imtihonsiz, suhbat orqali shartnoma to’lovi asosida o’qishga qabul qilinadi. 

> O’zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishda kerakli barcha amaliy yordam ko’rsatiladi; 

> Xorijiy fuqarolar to’lovli yotoqxona bilan ta’minlanadilar. 

> shartnoma to’lovi - tibbiy sug’urta, yotoqxona, va viza xarajatlarini o’z ichiga olmaydi; 

> shartnoma to’lovi yilida 2 marta bo’lib to’lanadi (sentabr va mart oylarida); 

> O’zbek tilini yaxshi o’zlashtirish uchun o’zbek tili kurslari (Foundation Uzbek Language Courses); 

Universitet kampusidagi sport imkoniyatlaridan keng foydalanish; 

Hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinadi. Barcha hujjatlar topshirilgandan so’ng suhbat sanasi belgilanadi. Universitetda tashkil etiladigan maxsus komissiya o’tkazgan suhbat natijalariga ko’ra talabalikka tavsiya etiladi. 

Talab etiladigan hujjatlar: - o’qishga qabul qilish haqida ariza; 

- sog’lig’i to’g’risidagi tibbiy xulosa; 

- milliy pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki tug’ilganlik haqidagi guvohnoma; 

- 4 x 6 sm o’lchamdagi 6 ta fotosurat; 

- Ta’lim to’g’risidagi hujjat nusxasi: (shahodatnoma yoki diplom). Magistratura dasturiga hujjat topshirish uchun bakalavr darajasi diplomi talab etiladi, bakalavriat dasturlariga (darajasiga) hujjat topshirish uchun esa o’rta yoki o’rta-maxsus ta’lim darajasi talab etiladi. Agar hujjat 

chet tilida rasmiylashtirilgan bo’lsa, o’zbek yoki rus tiliga notarial tarjima talab qilinadi). Hujjatlarni masofadan – onlayn topshiruvchi xorijiy fuqarolar, ushbu hujjatlarning nusxalarini yuborishlari, suhbat sinoviga asl nusxa bilan qatnashishlari talab etiladi. 

Ariza topshirish muddati – 2020 yil 25 avgustgacha. 

Suhbat sinovi 2020 yil 2-25 avgust oralig’ida o’tkaziladi. 

O’quv yilining boshlanishi – 2 sent abr. 

Qishki ta’til 15 kun (taxminan 25 dekabrdan 10 yanvargacha) 

O’quv yili har yili iyun oxirida yakunlanadi. Yozgi ta’til iyul-avgust oylarida. 

To’ldirilgan ariza blanki va tegishli hujjatlarni togaevgafur@tersu.uz elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin. 

Murojaat uchun: 

☎ +998762217234 

☎ +998762217404 

☎ +998762241895 

Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i – G’afur Tog'ayev 

☎ +998972425767 (Telegram, Whatsapp) 

Email: togaevgafur@tersu.uz 

termduxab@mail.ru

Foydali Havolalar

Yangiliklar

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-06-12
  • 32

Termiz davlat universiteti “Ijtimoiy fanlar” fakulteti dekani Achilov Nuriddin Abdugafforovich Termiz davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda

Batafsil

Termiz davlat universiteti jahonning eng kuchli 1000 talik oliygohlari safida!

  • 2026-06-11
  • 52

Nufuzli xalqaro baholash tashkiloti — “Round University Ranking” (RUR) o‘zining 2026-yilgi global reyting natijalarini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu reytingda

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-06-11
  • 43

Termiz davlat universiteti “Pedagogika va ijtimoiy ish” kafedrasi o'qituvchisi Sheraliyeva Munavvar Abdullayevna Termiz davlat pedagogika instituti huzuridagi

Batafsil