Ijodiy imtihon topshiradigan abiturientlar ham 111500 so’m miqdorida pul to’laydimi?

Ijodiy imtihon topshiradigan abiturientlar ham 111.500 so’m miqdorida pul to’laydimi?

Bugun, 2 iyul kuni AOKA tashkil etilgan shtabda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Farxad Babashev ishtirokida brifing o’tkazildi.

 

Unda vazirlik matbuot kotibi hamyurtlarmiz tomonidan yangi o’quv yili qabuli, ijodiy (kasbiy) imtihonlarni o’tkazish tartibi va boshqa mavzulardagi savollariga javob berdi.

 

Ijodiy imtihon topshiradigan abiturientlar ham 111.500 so’m miqdorida pul to’laydimi?

 

Respublika oliy ta’lim muassasalarida ijodiy imtihonga kiradigan abiturientlar 111.500 so’m miqdoridagi pulni to’lamaydilar. Bu faqat test topshiradigan abiturientlar uchun. 

 

Ijodiy imtihon topshiradigan abiturientlar uchun imtihonlar o’zlari yashab turgan hududda o’tkaziladimi yoki hujjat topshirgan oliy talim muassasasidami?

 

Ijodiy imtihonlarni o’tkazish vaqti (soati) va joyi OTM rektori tomonidan tegishli vazirlik bilan kelishilgan holda belgilanadi. Oliy ta’lim muassasasi rasmiy saytini kuzatib borish lozim bo’ladi.

 

Test sinovlari bilan bir qatorda o’tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni 2020 yilning 25 iyuligacha yakunlash, alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo’nalishlari kirish imtihonlarini 2020 yil 25 iyuldan 20 avgustgacha o’tkazish belgilangan.

 

Oliy ta’limda o’quv jarayonini optimallashtirish bo’yicha nima ishlar qilinmoqda?

 

- Oliy ta’lim yo’nalishlari (mutaxassisliklari) o’quv rejalaridagi fanlar hajmini optimallashtirish evaziga fanlar soni qisqartirildi. Shu bilan birga nomutaxassislik fanlar 2 barobarga qisqartirildi.

 

Kasbiy kompententsiyalarini kuchaytirish maqsadida o’quv rejadagi amaliyot dars soatlari oshirildi. Ilgari amaliyot dars soatlari 30-40 %ni tashkil qilgan bo’lsa, hozirda 50-60% tashkil qilmoqda. 2020-2021 o’quv yilidan boshlab o’quv jarayoni reyting tizimidan kredit-modul tizimiga o’tkazilmoqda. 

 

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish

Foydali Havolalar

Yangiliklar

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-06-12
  • 32

Termiz davlat universiteti “Ijtimoiy fanlar” fakulteti dekani Achilov Nuriddin Abdugafforovich Termiz davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda

Batafsil

Termiz davlat universiteti jahonning eng kuchli 1000 talik oliygohlari safida!

  • 2026-06-11
  • 53

Nufuzli xalqaro baholash tashkiloti — “Round University Ranking” (RUR) o‘zining 2026-yilgi global reyting natijalarini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu reytingda

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-06-11
  • 43

Termiz davlat universiteti “Pedagogika va ijtimoiy ish” kafedrasi o'qituvchisi Sheraliyeva Munavvar Abdullayevna Termiz davlat pedagogika instituti huzuridagi

Batafsil