2020/2021 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlandi.
O‘qishni ko‘chirish (tiklash) bo‘yicha belgilangan muddatlarda (2020 yil 15 iyul – 5 avgust) ro‘yxatdan o‘tgan ammo arizasi dastlabki ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim sabablar tufayli rad etilgan fuqarolarga qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda arizalarini qayta tahrirlashga ruxsat etiladi.
Shu bilan birga, dastlabki ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra ariza qabul qilinganligi o‘qishni ko‘chirishga (tiklashga) ruxsat etilganligini bildirmaydi.
Qabul qilingan arizalar vakolatli komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqilib qaror qabul qilinadi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolardan arizalari holatini tizim (o‘zlarining shaxsiy kabinetlari) orqali muntazam kuzatib borishlarini so‘raymiz.
Termiz davlat universitetida an’anaga aylangan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari bu yil yangicha formatda — rektorning birinchi bosqich talabalari bilan yuzma-yuz, ochiq va samimiy muloqotlari shaklida tashkil etilmoqda.
Batafsil
Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari tomonidan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni doirasida fakultetlarda
Batafsil
Termiz davlat universiteti talabalari “Kelajak o‘yinlari” doirasida tashkil etilgan PHYGITAL FOOTBALL respublika sport musobaqasining hududiy bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Batafsil© Termiz davlat universiteti