Kafedra mudiri
Toshbekov Odil Abdullayevich
Kafedra tarixi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov tomonidan 11 mart 2019 yilda Surxondaryo viloyatida milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik sohasini va uning moddiy-ma’naviy merosini saqlash va rivojlantirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Termiz davlat universitetining yangi tuzilmasiga binoan 2019 -2020 o‘quv yilidan “Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedraga 2019 yil sentyabr oyidan texnika fanlari nomzodi dotsent (PhD) M.К. Urozov kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedrada Milliy tikuv buyumlari, Dizayn (milliy kostyum), Kasb ta’limi yengil sanoat buyumlari mutaxassisligi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlaydi. Xozirgi kunda kafedrada 12 ta professor o‘qituvchi va tashqi o‘rindosh sifatida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institudan 4 nafar professor hamda 1 nafar dotsent o‘qituvchilar dars berib kelishmoqda. Talabalarning umumiy soni 244 nafarnu tashkil etadi.
Ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish ilmiy, amaliy, ijodiy ishlarini rivojlantirish maqsadida tikuvchilik ustaxonasi va dizayn studiyalari tashkil etilgan. Kafedrada tegishli fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Darslar jami 11 ta auditoriyada o‘tiladi, shundan 6 ta auditoriya ma’ruza uchun, 2 ta ma’ruza xonasi va electron doska, videoproyektor va kompyuter bilan jihozlangan. Talabalarga dars mashg‘ulotlarini yaxshi olib borish uchun kafedra fanlaridan o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi (darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlarining elektron versiyalari) qoniqarli ahvolda. 2019-2020 o‘quv yilida kafedrada tegishli fanlardan amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, mustaqil ishlar va bitiruv malakaviy ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar nashr etilgan.
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularni ilmiy maqolalar nashr ettirish, ko‘rgazmali jihozlar yasash, chet tili va kompyuter texnologiyalarini o‘rgatishga jalb etilgan. Shu jumladan < Navoiy> nomidagi davlat stpendiyasi sohibasi, Yilning eng faol talabasi, Hokim stpendiyasi sohibasi, Rektor stpendiyasi sohibi, bir qancha ko’rik tanlovlar g’oliblari yetishib chiqgan .
So‘ngi yillarda kafedra professor o‘qituvchilari Respublika intellektual mulk tomonidan 10 ta patent 30 ta mualliflik guvohnomasi, 15 monografiya nashr qilingan va nufuzli Respublika hamda xorijiy ilmiy nashrlarda 170 dan ortiq maqolalar chop etilgan.
Xozirgi kunda kafedra bir qancha nufuzli xorijiy oliy ta’limlari jumladan Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Belorussiya, Ozarbayjon, Turkiya hamda Fransiya moda akademiyasi bilan bevosita hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Kafedra o‘qituvchilari yenil sanoat, charm buyumlari, dizayn, to‘qimachilik mahsulotlari texnoligiyasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda, jumladan tabiiy va kimyoviy tolani modefikatsiyalash orqali yani turdagi mato yaratilgan, bundan tashqari Chorvachilikdagi dag‘al junlarni qayta ishlab mayin jun olishning innovatsion texnologiyasi yaratilib ishlab chiqarishga joriy etigan. Xozirgi kunda kafedra professor o‘qituvchiri tomonidan to‘qimachilik va tibbiyot uchun zarur bo‘lgan yuqori qovushqoqlikga ega tozalangan elim olish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Maqsad:
Milliy libos kashtachilik to’qimachilik kafedrasi talabalarga Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, ma’naviy, madaniy va siyosiy islohatlarni anglay oladigan, o‘z-o‘zini boshqarish, ijodiy fikrlash qobiliyatiga va global tafakkurga ega, san’at va pedagogik sohalarga oid bilim va malakalarni chuqur egallagan, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni maqsad qiladi.
Kafedrada o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari:
Kafedrada o‘qitiladigan yo‘nalishlar:
Bakalavriat:
60721200Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (milliy tikuv buyumlari),
60210400 Dizayn (milliy kostyum),
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar
Kafedrada hozirgi kunda 12 nafar o‘qituvchi faoliyat olib boradi shulardan ikki nafar professor o‘qituvchi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tayanch doktaranturada tahsil olmoqda. Bundan tashqari kafedradagi boshqa o‘qituvchilar ham ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanib kerakli natijalarga erishib kelmoqda. Kafedrada ilmiy va fan to‘garaklari ish olib boradi. Jumladan, “Yosh dizaynerlar” fan to‘garagida 20 nafar, “To‘qimachilik” fan to‘garagida 18 nafar talaba qatnashadi. Ular 209 nafar (18,8 %)ni tashkil etadi. Shuningdek, rus tili, ingliz tili va boshqa kafedralar qoshida faoliyat yuritayotgan fan to‘garaklariga jami 25 nafar, sport to‘garaklariga 10 ga yaqin talaba qatnashadi. Jami: 16,7%. Hammasi: 35,5%. ni tashkil etadi
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
|
Bakalavr |
|
|
Kunduzgi |
Sirtqi |
|
Tikuv buyumlari texnalogiyasi |
|
|
Texnalogik jarayonlarni loyihakash |
Dizayin -Loyihalash |
|
Tikuv buyumlarini materiyalshunosligi |
Kastyum dizayni |
|
Tikuv buyumlari ishlab chiqarish jihozlari |
Kastyum dizayni |
|
San’at tarixi |
Kastyum dizayni |
|
|
Kastyum dizayni |
|
Tikuv buyumlarini loyihalashning avtamatlashgan tizimi |
San’at tarixi |
|
|
|
|
Dizayin -Loyihalash |
|
|
Tikuv buyumlarini konstrukturalash |
|
|
Kastumni kampuyuterda loyixalash |
|
|
To’qimachilik texnalogiyasi |
|
|
Metralogiya standartlashtirish |
|
|
Kastyum dizayni |
|
|
Yengil saoatda texnosferik omillar |
|
|
To’qimachilik texnalogiyasi |
|
|
Loyihalash |
|
|
Dizayn va amaliy dasturlar |
|
|
Materialshunoslik |
|
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar
Kafedra qoshida “Yosh dizaynerlar”, “To’qimachilik ”, “Yosh texnologlar”, , “Yosh konstruktor”, “Yosh materialshunoslar” to‘garaklari faoliyat yuritib, to‘garaklar jadval asosida mashg‘ulotlarni olib bormoqda. To‘garak a’zolari viloyat va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallashmoqda.
Kafedrada 4 nafar: A.O.Toshbekov “Mahaliy xomashyolar asosida sanoat korxonalari uchun filtirbob noto’qima matolarini ishlab chiqish” mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc), B.B.Ochildiyev “Turli iqlim sharoyitlarida yetishtirilgan pillalarni chuvishga tayorlar usulini takomilashtirish” mavzusida, N.J.Juraqulov “Aylana ignadonli to’quv mashinalarida ikki qatlamli trikotaj to’qimalarini olish texnalogiyasini takomillashtirish, X.A.Raximov “Paxtani havodan ajratish jarayonida uning tabiiy xususiyatlarini saqlovchi texnologiyani yaratish” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar darslik va o‘quv qo‘llanmalar
2019-yildan boshlab shungacha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 12 ta darslik, 30 ta o’quv qo’llanma, 15 ta monografiya, 25 ta uslubiy qo’llanmalar nashr etildi. 30 ta EHM uchun yaratilgan dasturlar va 3 ta elektron darsligiga O‘zRes Intellektual mulk agentligi tomonidan guvohnomalar olindi.
Ilmiy maqolalar
Kafedra tashkil topgandan boshlab shun kungacha professor-o‘qituvchilari tomonidan OAK ro‘yxatidagi respublika va xalqaro ilmiy jurnallar, impact faktorli jurnallarda 250 dan ortiq, xalqaro va Respublika ilmiy-nazariy anjumanlarida 200 dan ortiq tezislar chop etildi.
Rektor huzurida o‘tgan yig‘ilishida soha prorektorlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, shuningdek kun tartibiga kiritilgan masalalarga dahildor mutasaddilar ishtirok etishdi.
Batafsil
Xabaringiz bor, Termiz davlat universiteti mezbonligida “O‘zbekiston janubida floristik va zoologik tadqiqotlar: hozirgi zamon muammolari va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Batafsil
Termiz davlat universiteti 1000 nafarga yaqin talabalari “Ekologik madaniyat – sog‘lom jamiyat poydevori!” shiori ostida Tеrmiz shahri mahallalari va yo‘l chetlarini chiqindilardan tozalash ishlarini tashkil etdilar.
Batafsil© Termiz davlat universiteti