Termiz davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi!

Bugun, 7-iyul kunidan boshlab Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etadigan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar rasman boshlandi.

Bugun abituriyentlar uchun uzoq yillar davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon etish, o‘z salohiyatini aql tarozisiga solish fursati yetdi. Bu sinov nafaqat bilim, balki iste'dod, mehnat va intilishning ham munosib bahosidir.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 7–17-iyul kunlari davom etadi. Unda abituriyentlarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalari, ijodiy fikrlashi va kasbiy salohiyati shaffoflik, adolat hamda xolislik tamoyillari asosida baholanadi.

Hurmatli abituriyentlar! Imtihonga belgilangan sana va vaqtda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan o‘z vaqtida yetib kelishingizni so‘raymiz.

Barcha abituriyentlarga kasbiy (ijodiy) imtihonlarda omad, yuqori natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonining jonli efirini quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin: imtihon.tersu.uz

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 101

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil