2026 Bitiruv kechasiga marhamat

🤩Aziz TerDU bitiruvchilari! Sizlarni hayotingizdagi eng unutilmas va sharafli kunlardan biri — Termiz davlat universiteti bitiruvchilariga diplom topshirish tantanali marosimiga taklif etamiz! 

🎓 Ushbu ulug‘ ayyomda ko‘p yillik mehnat, izlanish va intilishlaringizning munosib samarasi bo‘lgan diplomlar o‘z sohiblariga tantanali ravishda topshiriladi. 

✨Shuningdek, kecha davomida yurtimizning iste’dodli san’atkorlari ishtirokida yorqin gala-konsert, quvonchli lahzalar, musiqiy chiqishlar va bayramona muhit sizlarni kutmoqda. 

🏛Kelajakka ishonch bilan qadam qo‘yayotgan aziz bitiruvchilar! Keling, bu tarixiy onlarni ustozlaringiz, ota-onangiz va yaqinlaringiz bilan birgalikda nishonlab, umringiz sahifalariga oltin harflar bilan bitiladigan unutilmas xotiralarni yarataylik! 

🗓️ Sana: 10-iyul 

⏰ Vaqt: 18:00 

📍 Manzil: Termiz davlat universiteti stadioni 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

  • 2026-09-02
  • 48

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Batafsil

Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

  • 2026-09-02
  • 42

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Batafsil

TERDU TALABALARI — PEKINDA!

  • 2026-09-02
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil