Ilm-fan va amaliyot hamkorligi — ekologik barqarorlik sari muhim qadam!

Termiz davlat universiteti hamda Surxondaryo viloyati Gidrometeorologiya markazi o‘rtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Hamkorlik memorandumi imzolanmoqda.

Universitet huzurida faoliyat boshlagan "Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi" faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida tomonlar Afg‘on shamoli, chang bo‘ronlari hamda ularning ekologik va iqlimiy ta’sirini chuqur ilmiy o‘rganish, atmosfera havosidagi chang zarralari monitoringini yo‘lga qo‘yish va meteorologik ma’lumotlar almashinuvini amalga oshiradi.

Hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy loyihalar ishlab chiqiladi, ilmiy maqolalar va tahliliy materiallar tayyorlanadi, seminar hamda konferensiyalar tashkil etiladi. Shuningdek, talabalar, magistrantlar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy-amaliy faoliyatni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ushbu hamkorlik hududdagi ekologik va iqlimiy jarayonlarni ilmiy asosda tadqiq etish, Afg‘on shamolining salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hamda ta’lim, fan va amaliyot integratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 101

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil