Imkoniyati cheklangan (ko‘zi ojiz) abituriyentlar diqqatiga!

➡️2026/2027-o‘quv yili uchun o‘qish istagini bildirgan Surxondaryo viloyatida doimiy yashovchi (quyidagi ro‘yxatda nomlari keltirilgan) imkoniyati cheklangan (ko‘zi ojiz) abituriyentlar tegishli OTM, ta’lim tili, ta’lim shakli va ta’lim yo‘nalishini belgilash maqsadida ariza berishlari uchun 2026-yil 2-iyul kuni soat 09:00 dan Termiz davlat universiteti Qabul komissiyasi (axborot texnologiyalari fakulteti)ga kelib uchrashishlarini ma’lum qilamiz.

Imkoniyati cheklangan (ko‘zi ojiz) abituriyentlar ro‘yxati

Abituriyentlar o‘zlari bilan quyidagi hujjatlarni (asl nusxalarini) olib kelishlari zarur:
- shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID karta yoki biometrik pasport);
- imkoniyati cheklangan (nogiron)lik holatini tasdiqlovchi amaldagi guvohnoma yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan hujjat;
- umumiy oʻrta (oʻn bir yillik taʼlim), oʻrta maxsus (toʻqqiz yillik tayanch oʻrta va ikki yillik oʻrta maxsus taʼlim), boshlangʻich kasbiy taʼlim (toʻqqiz yillik tayanch oʻrta va ikki yillik boshlangʻich kasbiy taʼlim), shuningdek, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirguniga (2020-yil 24-sentabr) qadar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi (toʻqqiz yillik umumiy oʻrta va uch yillik oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi) tashkilotini tugatganligi haqidagi hujjat (attestat, diplom, v.b.);
- abituriyent ruxsatnomasi.

⚠️Eslatma: Abituriyentlar tomonidan ushbu Nizomning 56-bandiga muvofiq koʻzi ojizlar toifasiga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarning asli (nogironlik toʻgʻrisida belgilangan shakldagi maʼlumotnomaning asli koʻrsatiladi) qabul komissiyasiga taqdim etilmasligi oliy taʼlim tashkiloti tomonidan ushbu abituriyentni oʻqishga qabul qilish boʻyicha buyruqning rasmiylashtirilmasligiga asos boʻladi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun:
📞Call markaz:  76 228 03 40
📞Mas’ul shaxs: 93 895 85 90

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDUda yangi davr: sun’iy intellekt universitet boshqaruviga kirib kelmoqda!

  • 2026-09-02
  • 48

Rektor huzurida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi direktori tomonidan universitet boshqaruvini raqamlashtirishga qaratilgan yagona sun’iy intellekt platformasi konsepsiyasi taqdim etildi.

Batafsil

Rektor huzurida apparat yigʻilishi oʻtkazildi

  • 2026-09-02
  • 42

Termiz davlat universitetida rektor huzurida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda sohalar boʻyicha prorektorlar, boshqarma va boʻlim rahbarlari, shuningdek, kun tartibiga kiritilgan masalalarga masʼul mutasaddilar ishtirok etdi.

Batafsil

TERDU TALABALARI — PEKINDA!

  • 2026-09-02
  • 49

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahar universitetida 15 haftalik akademik almashinuv va xitoy tilini o‘rganish dasturi doirasida tahsil oladigan talabalar bilan uchrashdi.

Batafsil