🌎Xorijlik talabalarni O'zbekiston oliygohlariga jalb etish, onlayn tartibda hujjat topshirishni tashkil etish maqsadida "Study in Uzbekistan" platformasi joriy etildi.
😀Ushbu platformada Termiz davlat universitetining sahifasi xalqaro aloqalar bo'limi mas'ulligida ochilgan. Xorijlik talabgorlarning hujjatlari faqat shu platforma orqali qabul qilinadi.

⭐️Universitetimiz tomonidan barcha xorijlik abituriyentlarga to'lov-kontrakt summasining 50% miqdorida chegirma berilayotganini inobatga olgan holda ushbu platformani o'z yaqinlaringizga yetkazishingizni so'raymiz.

Murojaat uchun: Sardor Rahmonov, koordinator
☎️Tel.: +998 95 387 20 03
💙WhatsApp, WeChat: +998 99 511 46 90
❤️ Telegram: @cloudbeep