TerDU yoshlari yana bir yuksak e'tirofga sazovor bo‘ldi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan yoshlarga I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni, guvohnoma hamda sport formalari topshirildi.

Mazkur e'tirofga Termiz davlat universitetining 6 nafar talabasi munosib deb topilib, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, yana 6 nafar talaba faol ishtiroki uchun esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Bu yutuq TerDUda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportni ommalashtirish hamda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlarning yana bir yorqin natijasidir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 100

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil