Ishonch – katta mas'uliyat: TerDUda qabul jarayonlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonlari hamda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishga jalb etilgan mas'ullar, professor-o‘qituvchilar va qabul komissiyasi a'zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etishning yangi tartib-taomillari tushuntirilib, uning ahamiyati xususida batafsil ma'lumotlar berildi. Shuningdek, qabul jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish, shaffoflik va adolat tamoyillarini ta'minlash, abituriyentlar uchun munosib sharoit yaratish hamda har bir mas'ulning vazifalari yuzasidan muhim topshiriqlar berildi.

Rektor o‘z so‘zida bugungi kunda oliy ta'lim muassasalariga bildirilayotgan ishonch yanada ortganini ta'kidlab, "Ishonch – bu katta mas'uliyat" ekanini alohida qayd etdi. Har bir professor-o‘qituvchi va mas'ul xodim universitet sha'ni, obro‘-e'tibori hamda minglab abituriyentlarning kelajagi uchun daxldor ekanini ta'kidlab, qabul jarayonlarini qonuniylik, xolislik va ochiqlik tamoyillari asosida tashkil etish zarurligini bildirib o‘tdi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilda universitetda 23 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 1280 nafar abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etadi. Imtihonlar 7–17-iyul kunlari o‘tkaziladi.

Uchrashuv davomida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qulay sharoitlar yaratish, imtihonlarning shaffofligini ta'minlash, barcha jarayonlarni sifatli tashkil etish hamda universitet nufuziga munosib tarzda o‘tkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

TerDU uchun har bir qabul jarayoni – bu nafaqat imtihon, balki adolat, ishonch va universitet nufuzini namoyon etuvchi muhim sinovdir.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 100

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil