RASMIY MUNOSABAT

Facebook ijtimoiy tarmog'idagi "Inson huquqlari" nomli profilidagi Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetida dars mashg‘ulotlari yuqori haroratli va noqulay sharoitlarda o‘tkazilayotgani haqida tarqatilgan ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Avvalo, murojaatda keltirilgan Termiz shahrida havo harorati 40–45 darajaga yetgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Tegishli meteorologik ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur davrda Termiz shahrida havo harorati 35 daraja issiqlikdan oshmagan.

Shuningdek, bugungi kunga qadar universitet ma’muriyati, fakultet rahbariyati yoki tegishli mas’ul bo‘limlarga talabalar tomonidan issiqlik ta’siri natijasida sog‘lig‘ida salbiy holat kuzatilgani haqida birorta rasmiy murojaat kelib tushmagan.

Universitetda talabalar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratish hamda ularning salomatligini muhofaza qilish masalalariga doimiy e’tibor qaratib kelinmoqda. Kelib tushayotgan har bir murojaat belgilangan tartibda o‘rganiladi va zarur choralar ko‘riladi.

Fuqarolar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni hamda faqat rasmiy manbalarga tayanishni so‘raymiz.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“REKTOR KUBOGI” — MAYDONLARDA HAQIQIY SPORT RUHI!

  • 2026-09-28
  • 32

TerDUda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Rektor kubogi” sport musobaqalari tobora qizg‘in tus olmoqda!

Batafsil

TerDU yana bir bor TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi

  • 2026-09-26
  • 35

Termiz davlat universiteti UI GreenMetric World University Rankings 2026 xalqaro reytingida yuqori o‘sish dinamikasini qayd etdi.

Batafsil

O‘zA ijodkorlari Surxondaryoda

  • 2026-09-26
  • 30

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi joriy yil viloyatlarda "O‘zA kunlari" loyihasini tashkil etib, O‘zAning hududlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan axborot sohasidagi strategik hamkorligini sifat jihatdan mustahkamlayotir.

Batafsil