Oʻtgan hafta davomida Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasi "Suv sport turlari majmuasi"da para suzish boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.
Mazkur nufuzli musobaqada Termiz davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti Adaptiv jismoniy tarbiya yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Xudoynazarov Hasan yuksak mahorat, matonat va haqiqiy chempionlik ruhini namoyon etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
🥇 50 metr erkin usul – 1-oʻrin
🥈 50 metr batterflyay usuli – 2-oʻrin
🥇 100 metr chalqancha usuli – 1-oʻrin
🥇 100 metr erkin usul – 1-oʻrin
🥇 400 metr erkin usul – 1-oʻrin
⚡️Ushbu yuksak natijalar evaziga Xudoynazarov Hasan para suzish boʻyicha Oʻzbekiston chempioni degan sharafli unvonga sazovor boʻldi!
Bu yutuq nafaqat sportchimizning mashaqqatli mehnati va qatʼiyatining, balki Termiz davlat universitetida sportni rivojlantirish, isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning ham yorqin ifodasidir.
🎉 Termiz davlat universiteti jamoasi nomidan Xudoynazarov Hasanni ushbu ulkan gʻalaba bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi musobaqalarda ham yurtimiz va universitetimiz shaʼnini yuksak marralarda munosib himoya qilishini tilaymiz!