Yana bir xalqaro muvaffaqiyat!
Termiz davlat universiteti Musiqa ta’limi kafedrasi Cholg‘u ijrochiligi (xalq cholg‘ulari) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Sa’dullayeva Fotima Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “Sozvuchiye” xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🟢Ushbu yuksak natija talabaning iste’dodi, tinimsiz mehnati va ustozlarining fidokorona sa’y-harakatlari samarasi bo‘lib, Termiz davlat universitetining xalqaro maydondagi nufuzini yana bir bor namoyon etdi.

✨Sa’dullayeva Fotimani ushbu ulkan yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz hamda kelgusidagi ijodiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!

Termiz davlat universiteti — iste’dodlar kamol topadigan maskan!