Tarix fakulteti professorining Xitoydagi ilmiy ma’ruzasi

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Shaydullayev Shapo‘lat Bozorovich Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahridagi Shimoli-g‘arbiy universitetida akademik almashinuv va ilmiy hamkorlik dasturi doirasida ma’ruzalar o‘tkazmoqda.

Professor Sh.B. Shaydullayev tomonidan Markaziy Osiyo tarixi va arxeologiyasi, xususan, Janubiy Markaziy Osiyo arxeologiyasi, qadimgi sivilizatsiyalar, Oks sivilizatsiyasi hamda Bronza davridan ilk temir davrigacha bo‘lgan tarixiy-arxeologik jarayonlar yuzasidan ilmiy ma’ruzalar taqdim etilmoqda.

Mazkur akademik tashrif Termiz davlat universiteti, Shimoli-g‘arbiy universiteti hamda hamkor ilmiy muassasalar o‘rtasidagi xalqaro ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash, Surxon vohasi arxeologik merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish va qo‘shma tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Kelajak egalari bilan ochiq muloqot: yoshlar bandligi va istiqbol masalalari muhokama qilindi

  • 2026-06-26
  • 14

Yoshlar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universitetida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Batafsil

Tarix fakulteti professorining Xitoydagi ilmiy ma’ruzasi

  • 2026-06-25
  • 11

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Shaydullayev Shapo‘lat Bozorovich Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahridagi

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-06-25
  • 14

Termiz davlat universiteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Samatov Farxod Muminovich Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda

Batafsil