Termiz davlat universitetining Kimyo fakulteti bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari hamda 10 dan ortiq boshqa korxona va tashkilotlar oʻzlarining o'nlab boʻsh ish oʻrinlari va tashkiloti haqida koʻrgazmali hamda tarqatma materiallari bilan qatnashishdi.
Mazkur mehnat yarmarkasi talabalar bilan korxona, tashkilotlar vakillarining jonli muloqotini tashkil etish, mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berish hamda talabalarning bandligini taʼminlashga xizmat qildi.
Yarmarka doirasida tashkil etilgan koʻrgazmadan fakultet professor-oʻqituvchilari va talabalarning ijod namunalari, ishlanmalari oʻrin olgan boʻlib, ish beruvchilar tomonidan katta qiziqish bildirildi.