Termiz davlat universitetida o‘tkazilayotgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkalari talaba va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
🟢Тadbirlarda tashkilot va korxonalar vakillari yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari hamda hamkorlik istiqbollari bilan tanishtirmoqda.
🟢 Jumladan, Xorijiy filologiya fakultetida tashkil etilgan tadbir ham yuqori saviyada o‘tkazilib, talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydoniga aylandi.
🟢Bugungi kunda universitet bitiruvchilarining bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.