Termiz davlat universitetining Moliya yo‘nalishi bitiruvchilari ta’lim maskanida yana bir bor diydorlashdilar. Uchrashuv universitetda faoliyat yuritayotgan ustozlari bilan samimiy muloqotdan boshlandi. Yillar davomida ilm va tarbiya bergan ustozlarga chuqur ehtirom ko‘rsatilib, talabalik davrining unutilmas onlari yodga olindi.
🟢Universitet rektori, professor A.Toshqulov kursdoshlari bilan kampus bo‘ylab sayr qilar ekan, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy infratuzilma hamda universitetning xalqaro maydondagi nufuzi va xalqarolashuv jarayonlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.
🟢Fayzli dasturxon atrofida kechgan samimiy suhbatlar, dil izhorlari va universitet orkestr jamoasining jozibador chiqishlari uchrashuvga o‘zgacha ruh va ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
🟢Yillar o‘tadi, avlodlar almashinadi, ammo universitet bag‘rida shakllangan do‘stlik, ustozga hurmat va talabalik xotiralari hamisha qalblarda yashaydi.