Nazariyadan amaliyot sari: Kimyo fakulteti talabalari yirik sanoat korxonalarida tajriba orttirmoqda

🟢Xabaringiz bor, avvalroq Termiz davlat universiteti Kimyo fakulteti talabalarining respublikamizning yirik sanoat korxonalari va ilmiy markazlariga ishlab chiqarish amaliyotiga yo‘l olgani haqida ma’lum qilgan edik.

🟢Ayni kunlarda talabalarimiz Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi zamonaviy korxonalar hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarida amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqdalar.

🟢 Malakali mutaxassislar rahbarligida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishayotgan yoshlar nazariy bilimlarini amaliyot bilan boyitib, kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim tajriba to‘plamoqdalar.

🟢 Bo‘sh vaqtlarida esa talabalarimiz hududlarning tarixiy-madaniy maskanlarini ziyorat qilib, o‘z dunyoqarashlarini yanada kengaytirmoqdalar.

🟢 Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga xizmat qilayotgan mazkur amaliyot dasturi yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 101

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil