Termiz davlat universiteti jahonning eng kuchli 1000 talik oliygohlari safida!

Nufuzli xalqaro baholash tashkiloti — “Round University Ranking” (RUR) o‘zining 2026-yilgi global reyting natijalarini e’lon qildi. Quvonarlisi, ushbu reytingda Termiz davlat universiteti (TerDU) dunyoning eng yetakchi oliy ta’lim muassasalari orasida 980-o‘rinni band etdi.

Shu bilan birga, TerDU mamlakatimiz miqyosida ham yuqori natija ko‘rsatib, O‘zbekiston oliygohlari orasida kuchli beshlikdan (5-o‘rin) joy oldi va yurtimizning eng nufuzli universitetlaridan biri ekanini yana bir bor isbotladi.

Ma’lumot o‘rnida: “Round University Ranking” (RUR) xalqaro reyting tizimi 2010-yildan buyon dunyo miqyosidagi yetakchi universitetlar faoliyatini va ta’lim sifatini xolis baholab keladi.

Termiz davlat universitetining xalqaro reytinglardagi muvaffaqiyati universitet jamoasining fidokorona mehnati, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar sa’y-harakatlarining yana bir muhim e’tirofidir.

Batafsil: https://roundranking.com/ranking

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 101

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil