Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi — kelajak mutaxassislarini tayyorlashning muhim bosqichi

Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida tahsil olayotgan 430 nafar talaba o‘quv jarayoni va amaliyot integratsiyasini yanada takomillashtirish maqsadida amaliyot rahbarlari hamrohligida tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotlariga kuzatildi.

🟢Talabalar amaliyot davomida Toshkent shahri va viloyati, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, nufuzli ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib, nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🟢Mazkur amaliyotlar bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda kelgusidagi mehnat faoliyatiga puxta tayyorgarlik ko‘rishlariga xizmat qiladi.

🟢Termiz davlat universitetida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish hamda malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 101

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil