Termiz davlat universiteti “Pedagogika va ijtimoiy ish” kafedrasi tayanch doktoranti Nurbayeva Xolniso Uralovna Termiz davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligidan “Talabalarda gender madaniyatni rivojlantirishning etnopedagogik asoslari” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

✨Universitet jamoasi nomidan dissertant Xolniso Uralovnani ushbu yutug‘i bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!