TerDU Iqtisodiyot fakultetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov mas’ullar hamrohligida Iqtisodiyot fakultetida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Rektor ko‘rsatmasiga muvofiq, fakultet binosining har bir qavatida kafedralar faoliyatiga mos zamonaviy muhit yaratiladi. Amaliyot xonalari, auditoriyalar va zallar yangicha qiyofa kasb etib, yanada shinam va qulay ko‘rinishga keltiriladi. Auditoriyalar esa zamonaviy o‘quv jihozlari bilan uyg‘un holda joriy ta’mirlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: bugungi kunda fakultet tarkibida 3 ta kafedra faoliyat yuritib, 41 nafar professor-o‘qituvchi 2 655 nafar talabaga sifatli ta’lim berib kelmoqda. Talabalarning puxta bilim olishi uchun 31 ta seminar auditoriyasi, 8 ta ma’ruza zali va 2 ta kompyuter xonasi xizmat qilmoqda.

Tizimli tayyorgarlik ishlari fakultetda ta’lim sifati va infratuzilma sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 101

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil