BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) (https://www.undp.org/uz/uzbekistan) vakillari bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi

BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) vakillari bilan istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilind. Universitetimizga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi Loyihalar bilan ishlash bo‘limi rahbari Sarvar Tursunov boshchiligida mehmonlar tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha doirasida 50 nafarga yaqin talaba qizlarni Big Data, AI, Cyber Security, Data Science va Machine Learning yo‘nalishlari bo‘yicha bepul o‘qitish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar uchun tegishli vazirlik va idoralarda amaliyot (stajirovka) tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Quvonarlisi, tomonlar Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarida Termiz davlat universitetining ishtirokini ta’minlash, istiqbolda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan ham fikr almashdilar.

Ma'lumot o'rnida, Yaponiya hukumati hamda ushbu tashkilot fondi asosida universitetda "Yoshlar markazi" tashkil etilgan bo'lib, markaz faoliyati "Yuridik maslahat markazi" bilan boyitildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 101

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil