Kelajak egalari bilan ochiq muloqot: yoshlar bandligi va istiqbol masalalari muhokama qilindi

Yoshlar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universitetida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotda viloyatdagi 6 ta oliy ta’lim muassasasining 1 824 nafar bitiruvchisi onlayn tarzda ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bevosita mas’ullarga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Dastlab studiyalar orqali ishtirok etayotgan bitiruvchilarning murojaatlari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar va amaliy mexanizmlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Muloqot davomida viloyat hokimi universitet jamoasini xalqaro maydonda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tabriklab, oliygoh olimlari tomonidan vohaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qilayotgan ilmiy va innovatsion loyihalarni yuqori baholadi.

Ma’lum qilinishicha, joriy o‘quv yilida Termiz davlat universitetini 4 ming nafardan ortiq talaba tamomlamoqda. Bugungi kunga qadar bitiruvchilarning 65 foizi ish bilan ta’minlangan.

Uchrashuvda universitet rektori Abduqodir Toshqulov bitiruvchilarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashida sifatli ta’lim hal qiluvchi omil ekanini ta’kidlab, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida mas’uliyat va samaradorlikni yanada oshirish muhimligini qayd etdi.

Shuningdek, bojxona, aeroport, tog‘-kon, neft-gaz kabi sohalarda faoliyat yuritish istagini bildirgan bitiruvchilarning murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, ular uchun tegishli tashkilot va korxonalar mas’ullari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan mazkur muloqot yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak rejalarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladigan muhim maydon bo‘ldi.  👉BATAFSIL:

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Kelajak egalari bilan ochiq muloqot: yoshlar bandligi va istiqbol masalalari muhokama qilindi

  • 2026-06-26
  • 14

Yoshlar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz davlat universitetida bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Batafsil

Tarix fakulteti professorining Xitoydagi ilmiy ma’ruzasi

  • 2026-06-25
  • 10

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor Shaydullayev Shapo‘lat Bozorovich Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahridagi

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-06-25
  • 13

Termiz davlat universiteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Samatov Farxod Muminovich Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda

Batafsil