TerDU rektori yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov universitetni yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash maqsadida universitetga qarashli bino va inshootlarda olib borilayotgan rekonstruksiya, ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Ko‘zdan kechirish jarayonida mas’ullar bilan mavjud infratuzilmani yanada takomillashtirish, bino va hududlardan samarali foydalanish, talabalar uchun zamonaviy va qulay muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Alisher Navoiy ko‘chasi bo‘ylab yoshlar sayilgohini barpo etish, hududning estetik qiyofasini yaxshilash hamda universitetga tutash maskanlarni yanada obod va zamonaviy ko‘rinishga keltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Rejalarga ko‘ra, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari yangi o‘quv yili va Mustaqillik bayrami arafasida yakuniga yetkaziladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 101

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil