TerDUda ilm-fan va xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan memorandum imzolandi

🟢Bugun Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori (DSc), professor Aziz Ibragimovni qabul qildi.

🟢Uchrashuv davomida ilm-fan, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan qator istiqbolli yo'nalishlar muhokama qilinib, Termiz davlat universiteti hamda Umumiy va noorganik kimyo instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🟢Mazkur memorandum qo'shma ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, Scopus va Web of Science bazalarida yuqori reytingli ilmiy maqolalarni chop etish, xalqaro grantlar va patentlar ustida birgalikda ishlash, magistr, PhD va DSc tadqiqotchilariga qo'shma ilmiy rahbarlik qilish, yosh olimlarni qo'llab-quvvatlash, start-up va spin-off loyihalarini rivojlantirish hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish kabi ustuvor yo'nalishlarni qamrab oladi.

🟢Uchrashuvda, shuningdek, Surxondaryo viloyatida kimyo yo'nalishi bo'yicha ilmiy salohiyatni yanada yuksaltirish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni mustahkamlash va Janubiy O'zbekistonning mineral resurslarini chuqur qayta ishlash bo'yicha qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

🟢Ushbu memorandum Termiz davlat universitetining xalqaro ilmiy hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish, zamonaviy ilmiy maktablarni shakllantirish va yosh olimlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo'lidagi muhim tarixiy qadamlardan biri bo'ldi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

XALQARO ILMIY KONFERENSIYA

  • 2026-07-09
  • 36

“Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Batafsil

TerDUda 2026/2027-o‘quv yili kasbiy (ijodiy) imtihonlaridan fotoreportaj.

  • 2026-07-08
  • 102

Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlardan fotoreportaj.

Batafsil

Termiz davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi!

  • 2026-07-07
  • 203

Bugun, 7-iyul kunidan boshlab Termiz davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab etadigan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar rasman boshlandi.

Batafsil