Termiz davlat universiteti qoshidagi 103 xizmati faoliyati raqamlarda

2025-yil davomida universitet qoshidagi 103 xizmati xodimlari tomonidan 3 298 nafar professor-o‘qituvchi, ishchi xodim, talaba-yoshlar va abituriyentlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Universitetda o‘tkazilgan barcha sport musobaqalari, qabul jarayonidagi ijodiy va amaliy imtihonlarda ishtirokchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida birinchi tez tibbiy yordam postlari tashkil etilib, jarohat olganlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Darband o‘quv-amaliyot bazasida TerDU va viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari jalb etilgan o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari davomida 3 smenada tibbiy navbatchilik tashkil etilib, ishtirokchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012-yil 8-sentyabrdagi 200-sonli buyrug‘i asosida universitetda faoliyat yuritayotgan barcha professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarning muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tishi nazoratga olinib, ularning tibbiy daftarchalari belgilangan tartibda ro‘yxatga olinmoqda va tibbiy punktda saqlanayapti. 

2025-yilda universitet rahbariyati tomonidan birinchi tez tibbiy yordam xizmati uchun jami 11 890 600 so‘m miqdorida dori-darmonlar xarid qilindi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-06-09
  • 44

Termiz davlat universiteti “Pedagogika va ijtimoiy ish” kafedrasi tayanch doktoranti Nurbayeva Xolniso Uralovna Termiz davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar

Batafsil

Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi — kelajak mutaxassislarini tayyorlashning muhim bosqichi

  • 2026-06-09
  • 39

Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetida tahsil olayotgan 430 nafar talaba o‘quv jarayoni va amaliyot integratsiyasini yanada takomillashtirish maqsadida amaliyot rahbarlari hamrohligida tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotlariga kuzatildi.

Batafsil

TerDU futbolchilari yana bir yuksak natijaga erishdi!

  • 2026-06-08
  • 43

“Yangi O‘zbekiston” talabalar olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan futbol musobaqalarida Termiz davlat universiteti jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Batafsil