TerDU — voha iftixori, mamlakat faxri, xalqaro musobaqa g‘olibi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Eko-zakovat” xalqaro musobaqasida Termiz davlat universiteti jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Mazkur xalqaro musobaqaga yo‘llanma olish uchun respublikaning 14 ta oliy ta’lim muassasasi jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan saralash bosqichida TerDU jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda himoya qilish huquqiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjonning eng bilimdon talabalari ishtirok etgan, to‘liq ingliz tilida o‘tgan nufuzli bellashuvda TerDU jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, musobaqaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi.

Bu g‘alaba — universitetimiz yoshlari bilimining, ustozlar salohiyatining va TerDUning xalqaro maydondagi nufuzi yuksalib borayotganining yorqin ifodasidir.

✨ G‘olib talabalarimizni, ularning ustozlarini hamda universitetimiz jamoasini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 101

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil