Termiz delegatsiyasi “Chirchiq” texnoparkida: yangi loyihalar sari muhim qadam.

Termiz davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya tarkibida Prezidentimizning joriy yil 2-iyun kuni kimyo sanoatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab bergan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida “Chirchiq” texnoparki faoliyatini o‘rganmoqda.

🟢Tashrif davomida texnoparkning zamonaviy boshqaruv modeli, tashkiliy tuzilmasi, rezidentlar uchun yaratilgan qulay sharoit va imtiyozlar, innovatsion ishlab chiqarish jarayonlari hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish tajribasi atroflicha tahlil qilinmoqda.

🟢Mazkur o‘rganishlar asosida Surxondaryo viloyatida kimyo sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan istiqbolli loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

🟢Termiz davlat universiteti ilmiy salohiyati va amaliy tajribasini hudud taraqqiyoti yo‘lida safarbar etib, mamlakatimiz kimyo sanoatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 101

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil