TerDU futbolchilari yana bir yuksak natijaga erishdi!

“Yangi O‘zbekiston” talabalar olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan futbol musobaqalarida Termiz davlat universiteti jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

✔️TerDU jamoasi musobaqa davomida yorqin va ishonchli o‘yin namoyish etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
🟢Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 4:0
🟢 Navoiy davlat universiteti — 2:0
🟢 Yarim final bosqichida esa kuchli raqib — Qoraqalpog‘iston davlat universitetiga qarshi kechgan keskin bahsda 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
🥉 Uchinchi o‘rin uchun o‘yinda TerDU futbolchilari Buxoro davlat pedagogika institutini 1:0 hisobida mag‘lub etdi va munosib ravishda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
✨ TerDU jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Diplom topshirish marosimidan fotoreportaj...

  • 2026-07-15
  • 101

Fotojamlanma havolasi

Batafsil

Jarayondan fotoreportaj

  • 2026-07-15
  • 68

TerDUda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olgan 2 128 nafar bitiruvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirilmoqda.

Batafsil

Hududiy taraqqiyot yo'lida yangi hamkorlik bosqichi

  • 2026-07-14
  • 74

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi vakillari Surxondaryo viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasida

Batafsil