Malayziyaning Perlis universiteti (UniMAP) professor-o‘qituvchilari Termiz davlat universitetida
Professor-o‘qituvchilar, universitetimizning doktorant hamda talabalari uchun maxsus seminar va master-klass mashg‘ulotlarini tashkil etishdi.
Seminar davomida zamonaviy ta’lim metodikalari, xalqaro ilmiy hamkorlik istiqbollari, qo‘shma ta’lim dasturi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda “Visible Light Communication with OCDMA System” (Optik kod bo'linmali ko'p foydalaniladigan (OCDMA) tizimli ko'rinuvchan yorug'lik orqali ma'lumot uzatish texnologiyasi) bo‘yicha ham ilmiy-amaliy loyihalar xususida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik doirasida Scopus bazasidagi yuqori impakt-faktorli jurnallarda hammualliflikda maqolalar chop etish, aniq fanlar doirasida Double Degree dasturlarini yo‘lga qo‘yish va o‘qituvchilar malakasini oshirish masalalari bo‘yicha fikrlar almashildi.