DIQQAT, DIQQAT!

Termiz davlat universiteti quyidagi vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari uchun kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:

KAFEDRA MUDIRI:

1. Jahon tarixi

Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan, biroq kamida 5 yil metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan shaxs qo‘yilishi mumkin.

KAFEDRALARNING VAKANT PROFESSOR, DOTSENT, KATTA O‘QITUVCHI, O‘QITUVCHI VA O‘QITUVCHI-STAJYOR LAVOZIMLARIGA

Umumiy fizika: professor (1) nafar, dotsent (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Nazariy fizika: katta o‘qituvchi (1) nafar.

Matematik analiz: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Algebra va geometriya: dotsent (1) nafar, katta o‘qituvchi (1) nafar.

Botanika: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Zoologiya: dotsent (1) nafar, katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Geografiya: dotsent (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Ekologiya va tuproqshunoslik: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Noorganik kimyo: dotsent (1) nafar, katta o‘qituvchi(1)nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Analitik kimyo: dotsent (1) nafar, katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Fizikaviy kimyo: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Organik kimyo: professor (1) nafar, katta o‘qituvchi (1) nafar.

Amaliy matematika: katta o‘qituvchi (1) nafar.

Kompyuter va dasturiy injiniring: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Iqtisodiyot: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Moliya: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi-stajyor (1) nafar.

Davlat va huquq asoslari: o‘qituvchi (1) nafar.

Jinoyat huquqi va fuqarolik protsessi: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi-stajyor (1) nafar.

Falsafa: o‘qituvchi (1) nafar.

O‘zbekiston tarixi va manbashunoslik: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi-stajyor (1) nafar.

Arxeologiya: dotsent (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Jahon tarixi: professor (1) nafar, dotsent (1) nafar, katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi-stajyor (1) nafar.

Pedagogika va ijtimoiy ish: dotsent (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Psixologiya: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi-stajyor (1) nafar.

Ingliz tili va adabiyoti: dotsent (1) nafar, katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi-stajyor (1) nafar.

Ingliz tili o‘qitish metodikasi: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Roman-german tillari: o‘qituvchi (1) nafar.

Fakultetlararo chet tillar: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Rus tilshunosligi: dotsent (1) nafar, o‘qituvchi (1)nafar.

Rus va jahon adabiyoti: o‘qituvchi (1) nafar.

O‘zbek tilshunosligi: professor (1) nafar, dotsent (1) nafar, katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi-stajyor (1) nafar.

O‘zbek adabiyotshunosligi: dotsent (1) nafar,o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi-stajyor (1) nafar.

O‘zbek tili va adabiyoti: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Jismoniy tarbiya va sport o‘yinlari: katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Sport boshqaruvi: dotsent (1) nafar, katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Musiqa ta’limi: dotsent (1) nafar, katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar.

Badiiy grafika va dizayn: o‘qituvchi (1) nafar.

Texnologik ta’lim: dotsent (1) nafar, katta o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi (1) nafar, o‘qituvchi-stajyor (1) nafar.

Milliy libos, kashtachilik, to‘qimachilik: o‘qituvchi (1) nafar.

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.

Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga ko‘ra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy xodim yoki fan nomzodi, falsafa doktori (PhD), fan doktori yoki fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga, shuningdek xorijiy mamlakatlarning tegishli mutaxassislik bo‘yicha ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega bo‘lgan shaxs ishtirok etishi mumkin.

Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis), shuningdek ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarinng falsafa doktori (PhD) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy unvonga ega bo‘lgan hamda bunday darajaga va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar ham qatnashishi mumkin.

O‘qituvchi, o‘qituvchi-stajyor lavozimlarini egallash uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs (magistr, diplomli mutaxassis) qatnashishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi shart:

Rektor nomiga ariza.

Pasport nusxasi,

Ma’lumotnoma (obyektivka)

So‘rovnoma,

Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar nusxasi,

Ilmiy daraja, ilmiy unvon, shuningdek ilmiy ishlar va ixtirolar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularga tegishli diplomlar, attestatlar nusxalari,

Ilmiy ishlar ro‘yxati,

Malaka oshirganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar.

IZOH: hujjatlar gazetaga e’lon berilgan kundan boshlab bir oy muddatda qabul qilinadi.

Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy. Termiz davlat universiteti rektorati, universitet Kengashi kotibi Telefon:76 223-16-09.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

TerDU bayram shukuhi

  • 2024-12-20
  • 15

TerDU talabalari dars mashg‘ulotlaridan so‘ng, tyutorlari hamrohligida shahrimizning turli manzillari va jamoat transportlarida bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashishmoqda.

Batafsil

Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

  • 2024-12-20
  • 29

Termiz davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti o'qituvchisi Boysariyeva Saodat Baxtiyor qizi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy kengashda

Batafsil

Hamkorlik aloqalari amaliy bosqichda

  • 2024-12-19
  • 37

Joriy yil boshida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumida universitetimiz rektori A.Toshqulov tomonidan Xitoyning nufuzli universitetlari bilan talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, stajirovka,

Batafsil