Talabaga eslatma

Joriy yilning 13-yanvaridan TerDUning 1-kurs kunduzgi bo‘lim talabalari uchun boshlanadigan yakuniy nazorat imtihonlarida ularga quyidagi tartib qoidalarga amal qilishlari tavsiya etiladi.

Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalarni kiritish SHAXSNI TASDIQLOVCHI hujjat (pasport, ID karta, talabalik guvohnomasi) ko‘rsatilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

Yakuniy nazorat imtihonlari vaqtida talabalarning auditoriyadan uzrli sabablarsiz chiqishi taqiqlanadi va ruxsatsiz auditoriyadan chiqqan talabalar ushbu imtihonga qayta qo‘yilmaydi.

Yakuniy nazorat imtihoni jadvaldia belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabalar sinovlarda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

Yakuniy nazorat imtihonlariga talabalar tomonidan turli xil vositalar, jumladan, uyali aloqa vositalari, mikro quloqchin, kompyuter hamda ko‘chirmachilikka sabab bo‘ladigan har qanday vositalarni olib kirilishi va foydalanilishi QAT’IYAN TAQIQLANADI.

Yuqorida qayd etilgan holatlar aniqlanganda, talaba imtihondan chetlashtiriladi. Ushbu holat imtihon jarayonlari yakunlangandan so‘ng, aniqlansa ham (kuzatuv kameralaridagi tasvirlar orqali aniqlanganda) talabaning imtihon natijasi BEKOR QILINADI.

Fanning (modulning) xususiyatidan kelib chiqib, Ishchi guruh tomonidan yakuniy nazorat o‘tkazishda kalkulyator yoki imtihon savoliga doir qurilma va boshqa jadvallardan foydalanishga nisbatan ISTISNOLAR belgilanishi mumkin.

Imtihonlarni adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, imtihon jarayonlarida to‘liq kamera nazorati yo‘lga qo‘yilgan va uzliksiz kamera.tersu.uz platformasi orqali jonli namoyish etib boriladi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish

  • 2025-04-19
  • 36

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5.03.2025-yil Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha

Batafsil

“Dizayn” sho‘basi raisi Termiz davlat universitetida

  • 2025-04-18
  • 45

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi “Dizayn” sho‘basi raisi Termiz davlat universitetida

Batafsil

"Rektor kubogi"

  • 2025-04-18
  • 44

TerDUda tashkil etilgan "Talabalar festivali" tadbiri doirasida "Rektor kubogi" musobaqasi va turli tanlovlar g‘oliblari munosib rag‘batlantirildi

Batafsil