Termiz davlat universiteti - (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish davom etmoqda

Termiz davlat universitetida 2024/2025-o'quv yili qabuli uchun ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.

Biologiya (faoliyat turlari)

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yicha)

Filolgiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili

Geografiya

Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo'yicha)

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)

Matematika

Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Professional ta'lim: axborot tizimlari va texnologiyalari

Raqamli iqtisodiyot (faoliyatning turli sohalari bo'yicha)

Tarix (mamlakatlar va yo'nalishlar bo'yicha)

Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)

Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) ta`lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul davom etmoqda. 

Nomzodlar vazirlikning www.my.edu.uz platformasi orqali onlayn ariza to‘ldirishlari mumkin.

Ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalar universitet qabul komissiyasi qarori asosida suhbat va imtihon natijalariga ko‘ra o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha 2-kursdan o‘qishni davom ettiradilar.

Shoshiling, ro'yxatdan o'tish 10-avgust sanasiga qadar davom etadi!

Murojaat uchun telefon: 998976 228 03 40

Ma'lumot uchun; Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha) yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari "Huquqshunoslik" va "Chet tili" fanlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test shaklida o‘tkaziladi, qolgan barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlari suhbat shaklida bo‘lib o‘tadi.

 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Paxtaoy”da yangi bunyodkorlik nafasi

  • 2026-09-15
  • 23

Bugun Termiz davlat universitetiga qarashli “Paxtaoy” maskanida ezgu niyatlar, samimiy suhbatlar va fayzli dasturxon atrofida tarix sahifalarida muxrlanadigan uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

ILMIY FAOLLIK - UNIVERSITETIMIZ TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI!

  • 2026-09-15
  • 35

Termiz davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarimizning xalqaro ilmiy maydondagi natijalari universitetimiz ilmiy salohiyatining yuksalib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Batafsil

Bitiruvchilar bandligi — doimiy e’tiborda

  • 2026-09-14
  • 32

Rektor huzurida prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlashga mas’ul rahbarlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil