TerDUning hamkorlik aloqalari koʻlami kengaymoqda

TerDUda 2024-yil dekabr oyida Malayziyaning Perlis universitetida (UniMAP) muhokama qilingan masalalarning amaliy ijrosiga kirishildi

Onlayn hamda oflayn muzokaralar davomida UniMAP universitetida Termiz davlat universiteti madaniyat markazini tashkil etish, talabalar o‘rtasida onlayn muloqot platformasini yaratish va Malayziyaning Turizm, san’at va madaniyat vazirligi (MOTAC) grantlari doirasida TerDU talabalari uchun “Til va madaniyat” dasturini ishlab chiqish masalalari kelishib olindi.

Hamkorlikning Smart Agriculture va Farming yo‘nalishida TerDU olimlari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion Ecogidrogel (https://t.me/terdu340/28759) mahsuloti Malayziyaning tropik iqlim sharoitida tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Shuningdek, UniMAP professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yilning aprel-may oylarida Termiz davlat universitetida dasturlash va kompyuter fanlari yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy-texnik ta’lim dasturi - TVET (Technical and Vocational Education and Training) ni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Dastur bitiruvchilariga Malayziya Malaka agentligi (Malaysian Qualifications Agency) tomonidan tan olingan UniMAP sertifikati taqdim etilishi,  TerDU talabalarining global mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirib, xalqaro IT kompaniyalarida ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Rektor huzurida apparat yig‘ilishi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazildi

  • 2026-07-21
  • 69

Termiz davlat universiteti rektori A. Toshqulov raisligida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI

  • 2026-07-20
  • 46

Termiz davlat universiteti "O‘zbek tilshunosligi" kafedrasi o‘qituvchisi Qurbonmurodov Abror Abdurashidovich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Batafsil

Termiz davlat universiteti vakili — Oʻzbekiston chempioni! 

  • 2026-07-18
  • 66

Joriy yilning 16–18-iyul kunlari Toshkent shahrida parayengil atletika sport turi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida Termiz davlat universiteti

Batafsil