Termiz davlat universitetida fizika-matematika fakulteti, umumiy fizika kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Ergash Toʻrayevning 70 yillik yubileyiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.
Unda TerDU rektori, professor A.Maraximov, Oʻzbekiston qahramoni R.Muhammadiyev va universitet professor-oʻqituvchilari, mehmonlar ishtirok etishdi.
Universitet rektori A.Maraximov tantanali tadbirni ochib berar ekan, Ergash Toʻrayevni muborak 70 yoshi bilan samimiy qutladi. U kishining 45 yillik ilmiy pedagogik faoliyati davomida erishgan yutuqlari, qoʻlga kiritgan muvafaqqiyatlarini eʼtirof etib oʻtdi.
Koʻp sonli jamoa vakillari tomonidan taʼkidlanganidek, Ergash Toʻrayev uzoq yillik mehnat faoliyatida oʻzini yuqori malakali mutaxassis, tajribali va masʼuliyatli xodim sifatida namoyon etgan, koʻp yillik amaliy-ilmiy va pedagogik tajribaga ega boʻlgan ustoz sifatida chuqur hurmat qozongan.
Bizni kuzatishda davom eting!